Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash




Download 335.26 Kb.
bet2/6
Sana17.12.2022
Hajmi335.26 Kb.
#35549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20 muhammad ali
Jahongirov ETA 5
7.2. Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash.
Gaz alangasida payvandlashda metallni eritish gazlarning yoki suyuq yonilg‘i bug‘larining kislorod vositasida yonishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi. Detallarni ta’mirlash amaliyotida gaz yordamida payvandlashning, asosan, atsetilen-kislorod alangasi yordamida payvandlash usuli qo‘llaniladi.
Atsetilen generatori deb nomlangan maxsus apparatda kalsiy karbidi suv bilan reaksiyaga kirishib, atsetilen hosil bo‘ladi.
SaS2+2N2O=Sa(ON)2 +S2N2

Atsetilen olishda 1 kg SaS2 uchun 0,56l suv darkor. Atsetilen 400....5000 gacha tez qizitilganda va bosimi 0,15MPa dan oshganda portlashni hisobga olib, undan foydalanishda kislorod balonlari singari ballonlar keyingi vaqtlarda ko‘proq ishlatilmoqda.


Atsetilen shlang orqali maxsus payvandlash gorelkasiga yuboriladi, u erda ikkinchi shlangdan yuborilgan kislorod bilan aralashadi. Hosil bo‘lgan aralashma yondirilib, gaz (atsetilen-kislorod) alangasi hosil qilinadi. Atsetilen-kislorod alangasi uch turga, ya’ni me’yoriy, tiklovchi va oksidlovchi alangalarga bo‘linadi.
Me’yoriyi alangada kislorodning atsetilenga hajmi bo‘yicha nisbati O2/S2N2 =1...1,2 ga teng.
Tiklovchi alanga atsetilenning ko‘proqligi bilan xarakterlanadi, bunda O2/S2N2 =0,8....1,1.
Oksidlovchi alanga kislorodning me’yordan ko‘proqligi bilan xarakterlanadi, bunda O2/S2N2 =1,3...1,5. Detallarni va mashina konstruksiyalarini tiklovchi alanga bilan payvandlash metallning qattiqligi va mo‘rtligining oshishiga olib keladi. Undan kam uglerodli po‘latdan yasalgan detallar va konstruksiyalarni payvandlashda va qattiq qotishmalar bilan suyuqlantirib qoplashda foydalaniladi.
7.14-rasmda Atsetilen-kislorod alangasi yordamida payvandlashda alanganing tuzilishi va temperaturasining o‘zgarishi keltirilgan. Me’yoriy alanga uch sohaga bo‘linadi. Birinchi soha alanganing yadrosi deyiladi va u atsetilen bilan kislorod aralashmasidan iborat bo‘lib, u erda atsetilen yuqori temperatura ta’sirida uglerod va vodorodga parchalanadi:
S2N2 → 2S+N2



7.14-rasm. Atsetilen-kislorod alangasi yordamida payvandlashda alanganing tuzilishi va temperaturasining o‘zgarish sxemasi:

1-alanganing yadrosi; 2-alanganing payvandlash sohasi;


3-alanga mash’alasi.

Mazkur soha ko‘zni qamashtiradigan oq rangda bo‘lib temperaturasi 12000S ni tashkil qiladi. Alangadagi bu sohaning yorug‘ bo‘lishi unda yuqori temperaturagacha qizigan uglerod zarrachalarining borligidadir.


Ikkinchi soha, odatda, payvandlash sohasi deyilib, bunda alanga yadrosidagi uglerod gorelkadan chiqqan kislorod hisobiga yonadi:

2S+ O2 → 2SO


Bu sohaning o‘rtacha qismida alanganing temperaturasi o‘zining maksimumiga (3150 0S gacha) etadi. Bu soha rangsiz bo‘ladi.
Alanganing uchinchi sohasida birinchi va ikkinchi soha mahsulotlari havo kislorodi yordamida yonadi:

2SO+N2+1,5 O2 → 2SO2 +N2O


Uchinchi soha sarg‘ish qizil rangda bo‘lib, alanga mash’alasini tashkil qiladi.


Gaz alangasida payvandlashda kislorod maxsus ballonlarda 15MPa bosim ostida saqlanadi, bunday ballonlar ko‘k rangga bo‘yaladi. Kislorod bosimini 0,3...0,4 MPa gacha pasaytirish uchun teskari ta’sirli reduktorlardan foydalaniladi.
Gaz alangasida payvandlashda payvand simining materiali va flyuslar payvandlanadigan buyum materialliga bog‘liq holda tanlanadi. Kam uglerodli po‘latlardan yasalgan detallarni payvandlashda kam legirlangan, xromli payvand simi keng qo‘llaniladi. Kam uglerodli po‘latlarni payvandlash, odatda Sv-08A va Sv-08GA simlari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘p uglerodli va legirlangan po‘latlarni payvandlash hamda suyuqlantirib qoplangan choklarning qattiqligi yuqori bo‘lishi uchun Sv-08GS, Sv-12GS, Sv-18GSA simlar hamda flyuslar qo‘llaniladi. Flyus sifatida kuydirilgan tanakor, kremniy va borat kislotadan foydalaniladi.
Po‘latning tarkibi payvandlash jarayoniga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Agar detal po‘latidagi uglerod miqdori 0,2...0,3% dan ortiq bo‘lsa, uning payvandlanish xususiyati yomonlashadi. Uglerod miqdorining ko‘pligi payvandlashda gaz ajralib chiqishiga va metall donachalarining kattalashuviga sabab bo‘ladi. Marganets detalning payvandlanish xususiyatiga deyarli ta’sir qilmagani holda payvandlash unumdorligini oshiradi. Odatda, kam uglerodli po‘latlarni payvandlashda ishlatiladigan elektrod simlarning tarkibida marganesning miqdori 0,8...1,1% bo‘ladi. Payvandlash simi tarkibidagi kremniyning oshishi silikat birikmalar (Fe•SiO2, MnO∙SiO2) ning hosil bo‘lishiga olib keladi, ular detal yuzasida qiyin eriydigan vanna va qovushqoq shlakli parda hosil qiladi. Bular payvandlash vannasidan gazlarning chiqishiga halaqit berib, payvand choklarda gaz g‘ovaklarining hosil bo‘lishiga olib keladi. SHuning uchun ham payvandlash simidagi kremniyning miqdori 0,03% dan oshmasligi kerak. Oltingugurt moddasi po‘latda erimaydigan temir oltingugurti (FeS) ni hosil qiladi. SHuning uchun oltingugurtning payvandlash simidagi miqdori 0,3...0,04% bilan chegaralangan. Fosfor metall mo‘rtligini oshirib, payvand chokining plastiklik xususiyatini keskin pasaytiradi. Odatda, uning miqdori ko‘pi bilan 0,03...0,04% bo‘ladi. Nikel po‘latning mustahkamligini va tebranuvchanligini oshiradi, plastikligini biroz ko‘paytiradi va shuning uchun uglerodli po‘latlarni payvandlashda payvand simida uning miqdori 0,2...0,3% bo‘lishi kerak.
Xrom-nikelli, zanglamaydigan va issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash uchun qo‘llaniladigan payvandlash simlari tarkibida nikelning miqdori 8...10% gacha etadi. Uglerodli po‘latlarni payvandlashda ishlatiladigan payvandlash simlarida xromning miqdori 0,1...0,2% atrofida bo‘ladi. Kam legirlangan xrom-molibdenli po‘latlarni payvandlash uchun ishlatiladigan elektrodlarda xromning miqdori 0,8...1,1% dan yuqori bo‘ladi. Xromli, xrom-nikelli, zanglamaydigan va issiqlikka chidamli po‘latlarni payvandlashda ishlatiladigan elektrodlarning tarkibida 12...27% xrom bo‘ladi. Molibden zarbali yuklanishlarda ishlovchi po‘latlarning plastikligini oshiradi, ularning ishlov berishga moyilligi yaxshilanadi. Xrom –molibdenli po‘latlarni payvandlashda payvandlash simiga 0,15...0,6% molibden qo‘shiladi.
Gaz alangasida payvandlash Cho‘yanda eng puxta, yuqori sifatli payvand chok hosil qilish usuli hisoblanadi. Cho‘yan detallar me’yoriy yoki tiklovchi (uglerodlovchi) alangalarda payvandlanadi, payvandlash simi sifatida diametri 4,6,8, 10,12 mm li Cho‘yan simlardan foydalaniladi. Payvandlash vannasidagi kremniy, temir va marganes oksidlaridan holi bo‘lish uchun 56% tanakor, 22% soda va potash yoki 23% kuydirilgan tanakor, 27% natriy karbonat va 50% natriy azot karbonati aralashmasidan iborat flyuslar ishlatiladi. Flyus payvandlash vannasiga to‘kib turiladi, elektrod esa payvandlash jarayonida flyus ichiga botirib turiladi. Cho‘yanni gaz alangasida payvandlashda L62 markali jez elektrodni, tanakor yoki 50% tanakor va 50% borat kislotali aralashmadan iborat bo‘lgan flyuslarni qo‘llash yaxshi natija beradi.
Mis detallarni payvandlashda sifatli chok olish uchun tiklovchi elementlar (masalan, fosfor) va payvandlash vannasidan metallning suyuq holda oqishini kamaytiruvchi (masalan, kremniy) elementlari bo‘lgan maxsus mis elektrodlardan foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadda tarkibida 0,2% gacha fosfori va 0,3% gacha kremniyi bo‘lgan mis sim qo‘llaniladi. Bronza detallarni payvandlashda tarkibi yaqin bo‘lgan elektrodlar qo‘llaniladi. Mis va bronza detallar faqat me’yoriy alanga bilan payvandlanadi. Bunda flyus sifatida sof tanakor yoki tanakor (50%) va borat kislota (50%) aralashmasi ishlatiladi.
Jez detallarni payvandlashda payvandlash vannasida qotishmaning asosiy komponenti bo‘lmish ruxning ko‘p bug‘lanishi chokda ko‘p miqdorda g‘ovakliklar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq kamchiliklarni yuzaga keltiradi. Jez detallar, asosan, oksidlovchi alanga bilan payvandlanadi, bunda erigan metall sirtida rux oksidi pardasi hosil bo‘ladi, va u ruxning bug‘lanishiga to‘sqinlik qiladi. Rux oksidi pardasini bartaraf etish uchun borat kislota (35%), natriy fosfor karbonati (15%) va boshqa moddalar aralashmasidan tayyorlangan flyus ishlatiladi. Flyus bug‘larining zaharliligini hisobga olgan holda payvandchi respiratorda ishlashi, uning ish joyi shamolatib turiladigan bo‘lishi kerak.
Alyuminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallar, odatda, gazning me’yoriy alangasida payvandlanadi, bunda elektrod sifatida payvandlanadigan qotishma tarkibiga mos keluvchi material qo‘llaniladi. Alyuminiy oksidi pardasini bartaraf etish uchun litiyning xlorli va ftorli tuzlari, natriy, kaliy va bariylar aralashmasidan iborat bo‘lgan flyuslar ishlatiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, payvandlanadigan buyum materialiga bog‘liq holda tarkibi turlicha bo‘lgan flyuslar ishlatiladi. Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi. Oson eruvchan, asosiy va elektrod materialiga nisbatan suyuqlanish temperaturasi pastroq, metall oksidlarining erish jarayoni payvandlash vannasining qotishigacha tugashi uchun yuqori darajada reaksiyaga kirishuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi; metallga ziyon etkazmasligi; flyusdan hosil bo‘lgan shlak payvandlash vannasining ustiga osongina qalqib chiqishi uchun flyusning zichligi asosiy metall zichligidan pastroq bo‘lishi; alanganing yuqori temperaturasi ta’sirida xususiyatlarining o‘zgarmasligi; erigan flyus qizigan metallning sirti bo‘yicha yaxshi tarqalishi; hosil bo‘lgan shlak metallni oksidlanish va azotlanishdan yaxshi saqlashi, metall soviganda esa chokdan yaxshi ajralishi kerak.

Download 335.26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 335.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash

Download 335.26 Kb.