Elektr yoyi vositasida payvandlash rejimi




Download 335.26 Kb.
bet5/6
Sana17.12.2022
Hajmi335.26 Kb.
#35549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20 muhammad ali
Jahongirov ETA 5
Elektr yoyi vositasida payvandlash rejimi.
Elektr payvandlashda elektr yoyini iloji boricha qisqa masofada ushlab turish lozim. Bunda erigan metallda havo kamroq ta’sir qilib, chokning mustahkamligi oshadi. Qisqa yoyli (2-3mm) payvandlashda ish kuchlanishi 11-18 V, uzun yoyli (5-6mm) payvandlashda 25V bo‘ladi.
Payvandlash tokining qiymati payvandlanadigan metallning turiga, detalning qalinligiga, elektrodning xiliga (qoplamasi bor-yo‘qligiga), eritib quyish chokining fazoviy (pastki, vertikal, tepadagi) holatiga bog‘liq. 7.1-jadvalda payvandlanadigan metallning qalinligi bilan elektrod diametri orasidagi taxminiy bog‘lanish keltirilgan.

7.1- jadval





Payvandlanadigan metall qalinligi,mm

Elektrod diametri, mm

Payvandlash
tokining kuchi,A

1

0.5-1.0

1.0-1.5

20-50

2

1.0-2.0

1.5

30-100

3

2.0-5.0

2.5-4.0

60-200

4

5.0-10.0

4.0-6.0

140-350

5

10 dan ortiq

5.0-8.0

190-450

Pastki holatda payvandlashda payvandlash tokini (I) aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi.


I=(40...50) de

bunda de -elektrod diametri, mm.


Bu formula taxminiy bo‘lib, elektrodlarning diametri 3-5 mm bo‘lgan hollardagina qo‘llanilishi mumkin. Turli diametrli elektrodlar uchun tok qiymatini tanlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:


I=(20+6de) de; I=(20...25) de1,5

Ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash deganda, qo‘l mehnatini mashinalar vositasiga almashtirish jarayoni tushuniladi. Yuksak darajadagi mexanizatsiyalashni avtomatlashtirish deyilib, unda ishlab chiqarish jarayoni inson ishtirokisiz (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va boshqa vositalar qo‘llanishi bilan) amalga oshiriladi. Avtomatlashtirishda inson uskunalarni moslash, boshqarish va tuzatish kabi ishlarnigina bajaradi.


Ta’mirlash korxonalari amaliyotida detallarni ta’mirlashda qo‘lda bajariladigan gaz va elektr yoyi bilan payvandlashdan (suyuqlantirib qoplashdan) tashqari, payvandlashning mexanizatsiyalashgan turlari ham qo‘llaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgan flyus qatlami ostida, himoyalovchi gazlar muhitida, elektr impulsli (tebranma yoy) va boshqa yarim avtomatlashgan va avtomatlashgan payvandlash (suyuqlantirib qoplash) usullaridir.
Murakkab shaklga ega bo‘lgan detallarni ta’mirlash uchun flyus qatlami ostida yarimavtomatlashgan payvandlashdan (suyuqlantirib qoplashdan) foydalanish mumkin. Bunda ish unumi va ta’mirlash sifatini oshirishga erishiladi. YArimavtomatlashgan payvandlashda (suyuqlantirib qoplashda) suyuqlantirib qoplash kallagi detal bo‘ylab qo‘lda suriladi, elektrod simi esa suyultirib qoplash kallagiga maxsus mexanizm yordamida uzatiladi. YArimavtomatlashgan payvandlashning (suyuqlantirib qoplashning) mohiyati avtomatlashgan usuldan deyarli farq qilmaydi.

Download 335.26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 335.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr yoyi vositasida payvandlash rejimi

Download 335.26 Kb.