7-mavzu: mashina detallarini va metall konstruksiyalarini payvandlash usulida ta’mirlash. Payvandlash turlari




Download 335.26 Kb.
bet4/6
Sana17.12.2022
Hajmi335.26 Kb.
#35549
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20 muhammad ali
Jahongirov ETA 5
Elektrod va uning qoplamasi. Metallarni elektr yoyi bilan suyuqlantirishda quyidagi hodisalar sodir bo‘ladi: suyuqlantirilgan metallning oksidlanishi: suyuqlantirilgan metallni azot va vodorod bilan to‘yinishi: legirlovchi komponentlarning kuyishi va metall uchqunlarining atrofga sachrashi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hodisalarni oldini olish uchun elektrodlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Gaz hosil bo‘lishini oldini olish uchun elektrod simida zang va oksid qatlamlari bo‘lmasligi, elektrod materiali kam uglerodli bo‘lishi, metallning ravon erishi uchun elektrod tarkibida marganets bo‘lishi kerak. Talab qilingan kimyoviy tarkibga va mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan payvand chok hosil qilish uchun elektrod simi tarkibida payvandlash jarayonida yonib ketadigan komponentlar (xrom va boshqalar) bo‘lishi kerak. Elektrodlarning erish temperaturasi payvandlanadigan detal asosiy metalining erish temperaturasiga yaqin bo‘lishi kerak. Aytib o‘tilganlardan tashqari, metallurgik jarayonlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida elektrod qoplamalaridan foydalaniladi.
Elektrod qoplamalari elektr yoyining barqarorligini oshiradi, erigan metall tomchilarini havodagi kislorod va azotdan saqlovchi (chokning qovushqoqligini oshiruvchi) gaz pardasini hosil qiladi. Metall erigan vannachada shlak qatlamini hosil qiladi, elektrod qoplamasi esa sovimagan metallga havo kirishini to‘xtatadi va metallning sovishini sekinlashtiradi, buning natijasida chok va uning strukturasi zichligi oshadi hamda payvand chokiga legirlovchi komponentlar kiradi.
Elektr qoplamlari yupqa (0,1...0,25mm) va qalin (0,5...1,5mm) bo‘ladi. YUpqa qoplamalar yoy oralig‘ining elektr o‘tkazuvchanligini oshirish va payvandlash tokining kuchlanishini pasaytirish uchun ishlatiladi. Bunga qoplama materialiga nisbatan past ionlanish potensialiga ega bo‘lgan moddalar qo‘shish orqali erishiladi. Bunday moddalarga bo‘r, marmar, titan ikki oksidi va boshqalar kiradi. Eng ko‘p tarqalgan qoplamalarga bo‘rli qoplamalar (80-85% bo‘r, 40-25% suyuq shisha) kiradi. Qalin qoplamalar erigan metallni havo ta’siridan saqlash, undagi asosiy elementlarning kuyib ketishini kamaytirish va eritilgan metallni kerakli elementlar bilan legirlash uchun qo‘llaniladi.
Elektr qoplamalari tarkibiga barqarorlovchi (bo‘r SaSO3, potash- K2SO3), gaz hosil qilib himoyalovchi (kraxmal, yog‘och uni), shlak hosil qilib himoyalovchi (dala shpati, kvars va boshqalar), legirlovchi (ferroxrom, ferrosilitsiy, ferrotitan, ferromolibden va b.) komponentlar kiradi.
Barqarorlovchi komponentlar barqaror yoylar hosil qiladi, chunki bo‘r va potash oson ionlanadigan komponentlardir. Himoyalovchi komponentlar erigan metallni havo kislorodidan va azotidan himoya qiladi. Himoyalovchi komponentlarga gaz va shlak hosil qiluvchi moddalar kiradi. Gaz hosil qiluvchi moddalar yonganda elektr yoyi atrofida erigan metall tomchilarini havo ta’siridan himoya qiluvchi gaz pardasi hosil qilinadi. Gaz pardasi qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan gazlar (SO,N2 va boshqalar)dan iborat. SHlak hosil qiluvchi komponentlar eriganda suyuq shlaklar hosil qiladi, ular erigan metallni zich qatlam bilan qoplab, havo ta’siridan himoya qiladi, chokning sovish tezligini kamaytiradi va sifatli payvand choklar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Legirlovchi komponentlar esa eritilgan metallni xrom, kremniy, titan, molibden va boshqa legirlovchi elementlar bilan boyitadi.

Download 335.26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 335.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-mavzu: mashina detallarini va metall konstruksiyalarini payvandlash usulida ta’mirlash. Payvandlash turlari

Download 335.26 Kb.