• Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
  • Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish




    Download 90,65 Kb.
    bet10/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi90,65 Kb.
    #136876
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-amaliy mashg\'ulot

    Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, sex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida rahbarlik qilish bo‘yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
    Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
    Ko‘pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o‘z lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.
    Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish muayyan me’yoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma to‘g‘risidagi qonun yoki Nizom ana shunday me’yoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu hujjatda mazkur korxona (bo‘linma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va ma’muriy rahbar (boshliq, mudir) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Nizomda ko‘pincha ushbu bo‘linmaning boshqa xizmatlar bilan funksional aloqalari tartibga solinadi.
    Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita bo‘ysinuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa bo‘ysinuvchilarga farmoyish faqat ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, sex boshlig‘i formal jihatdan xizmat bo‘yicha o‘zidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega. Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol:

    • tashkiliy parokandalikka olib keladi;

    • intizomga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

    • ko‘ngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

    Ba’zan rahbarlar o‘rtasida bir-birining ishiga aralashish xollari ro‘y beradi. Bunday harakat ham rahbarlar orasida ma’lum norozilikni keltirib chiqaradi.
    Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishdir.



    Nazorat - bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.

    Nazorat funksiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo‘lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo‘lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o‘zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar etkazishi, ya’ni ularning ishida kechiqishlar, uzilishlar paydo bo‘lishiga sababachi bo‘lishi mumkin.





    O‘z qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni noto‘g‘ri tarbiyalagan rahbar hisoblanadi.

    Qarorni bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.


    Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
    1. Maqsadni aniqlash. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash.
    2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish
    3. Tegishli qaror qabul qilish.
    4. Amalga oshirish va baholash
    Download 90,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 90,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish

    Download 90,65 Kb.