|
7-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti
|
bet | 3/10 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 90,65 Kb. | | #136876 |
Bog'liq 7-amaliy mashg\'ulotQarorni ijro etish. qaror unga muvofiq keladigan choralar ko`rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o`tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo`ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o`yin, sport mashg`ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko`p vaqt takrorlanib, o`zlashib ketgan ko`nikma va odat bo`lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.
2. Mumkin bo‘lgan variantlarni yaratish
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Masalan, davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funksiyasini bajara olmaydi. SHu sababli narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "etti o‘lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.
Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul
Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
|
qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo‘lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va sifati;
qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilargi etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak ( 8.1-jadval):
|
| |