• Kollegiallik(ko‘pchilik) tamoyili
  • 8.3-jadval. "Ringi" usulini qo‘llash bosqichlari
  • 7-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti




    Download 90,65 Kb.
    bet7/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi90,65 Kb.
    #136876
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-amaliy mashg\'ulot

    Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo‘lgan hollarda uni bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
    Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo‘jalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo‘la oladi.
    Kollegiallik(ko‘pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya’ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro‘yirost ma’lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. SHu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo‘liga o‘tiladi.
    Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo‘llaniladi. O‘z mohiyati bilan: Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
    "Ringi" usuli yapon biznesida keng qo‘llaniladigan usuldir. Bu usulga ko‘ra majlislarda emas, balki so‘rab chiqish yo‘li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (8.3-jadval).
    8.3-jadval.
    "Ringi" usulini qo‘llash bosqichlari

    T/r

    Bosqichlar

    Izoh




    Birinchi bosqich

    - Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo‘lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o‘rtaga tashlaydi.


    Ikkinchi bosqich

    - Muammo "pastga", ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog‘onaga uzatiladi.


    Uchinchi bosqich

    - Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.


    To‘rtinchi bosqich

    - Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar o‘tkaziladi.


    Beshinchi bosqich

    - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o‘z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

    YAponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko‘rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo‘lgani uchun yapon matbuotida uning sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo‘lsa-da, uni qo‘llashdan voz kechish to‘g‘risida hech narsa deyilmaydi.


    Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlarqabulqilinadi.



    Download 90,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 90,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti

    Download 90,65 Kb.