• 7.3-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar
  • 7-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti




    Download 90,65 Kb.
    bet8/10
    Sana13.01.2024
    Hajmi90,65 Kb.
    #136876
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    7-amaliy mashg\'ulot

    3. Tegishli qaror qabul qilish.
    Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. SHu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko‘lamiga ko‘ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 8.3-chizmada ko‘rsatilgandek bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.




    7.3-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar

    Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to‘g‘ri keladi. CHunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og‘ish sodir bo‘ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug‘iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo‘lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.


    Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo‘llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning echimi bo‘yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko‘rsatib berilishi mumkin. Masalan, g‘alla etishtirishni keskin ko‘paytirish va g‘alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo‘yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko‘chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko‘radi.
    Bu erda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo‘lgan don mahsulotini etishtirishdir. SHunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi (8.4-chizma).
    Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog‘liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo‘llaniladi.



    Download 90,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 90,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Samarali qaror qabul qilish san’ati. 1-ma’ruza mashg‘uloti

    Download 90,65 Kb.