|
Harakat motivlari va motivlar kurashi
|
bet | 2/10 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 90,65 Kb. | | #136876 |
Bog'liq 7-amaliy mashg\'ulotHarakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga yetish uchun biron yo`l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, huddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo`llar bilan emas, balki mana shu yo`llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko`ngildan o`tkazadi. Maqsadni va unga yetish yo`lini tanlash jarayonida unga ma`qul yoki noma`qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga yetishish yo`llarining ma`qulligi yoki noma`qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki huddi shu vositalar bilan ish ko`rishni, yoki ish ko`rmoqchi bo`layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi.
Bir necha maqsad yoki ularga olib boruvchi bir necha yo`l bo`lgan taqdirda ularning ma`qul yoki noma`qul ekanligi chamalab ko`riladi. Biron maqsad va bu maqsadni amalga oshirish yo`llarini belgilab beruvchi yoki belgilab bermovchi har qanday narsa harakatning motivi deb ataladi.
"Motiv - deb yozadi I.P.Ivanov - kishi nima uchun o`z oldiga boshqa bir maqsadni emas, balki aynan shu maqsadni qo`yishi kerak, nima sababdan u o`z maqsadiga erishmoq uchun boshqa bir yo`llar bilan emas, balki huddi shu yo`l bilan harakat qilishi kerak degan savolga javobdir".
Maqsad va unga erishish yo`llarini tanlash jarayonida odatda tafakkur va hissiyot ishtirok etadi.
Tafakkur faoliyati (fikr qilish) bu yerda asosan har bir motivga "qarshi "yoki "tarafdor"likni muhokama qilib asoslashdan iborat bo`ladi. Kishi motivlarni muhokama qilishda va asoslab berganda odatda ayni hodisa yuzasidan yoki o`zining xatti-harakatlarida doimo asoslanadigan ma`lum bir faktlardan tamoyil va qoidalardan foydalanadi. Motivni shu tariqa muhokama qilish va asoslab berish motivatsiyalash deb ataladi.
Maqsadlarga erishish yo`llarini va vositalarini tanlash sharoiti ba`zan ichki kurash xarakteriga ega bo`ladi, bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo`lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Shuning uchun ham bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi.
Motivlardan biri ko`proq asosli, ikkinchisi kamroq asosli ekanligi ularning kurash jarayonida oydinlashib qoladi, ba`zi motivlar kuchliroq hissiyot bilan maydonga chiqsa, ba`zi motivlar sust hissiyot bilan maydonga chiqadi.
Ko`pincha motivlar kurashi tafakkur (aql) bilan hissiyot o`rtasidagi kurashdan iborat bo`ladi. Odam ba`zan "ikkiga bo`linib" qoladi: "Aql uni desa, hissiyot (ko`ngil) buni deydi".
Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo`llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog`langan bo`lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo`lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma`nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o`ynagan bo`ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak - teatrgami yoki o`rtog`ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo`lgan joyi haqida qarorga keladi.
Qat`iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo`ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish - qat`iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o`zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yohud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo`sh qaror deb ataladi. Qat`iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir.
|
| |