65
II BOB. 21-MAVZU.
Amaliy mashg‘ulot.
Kimyoviy formulalar asosida
hisoblashga oid masalalar yechish
O‘rganiladigan natijalar
• Modda
miqdorini aniqlash
• Molyar massani hisoblas
• Molekulalar sonini topish
Formulalar tuzishga doir mashqlar bajarish
H, S, J, Na, Cl
Yuqoridagi kimyoviy elementlar
belgilaridan foyda
lanib, suv, natriy
xlorid, karbonat angidrid, sulfat kislo-
taning kimyoviy formulalarini yozing.
Moddalarning kimyoviy formulala-
rini yozish nimaga asoslanadi?
Masala. Uglerod (IV)-
oksididagi uglerodning
valentligini aniqlang.
Yechish. Murakkab tarkibidagi kislorodning
valentligi ikki, uglerod valentligini m bilan belgi-
lanadi.
Agar birikma formulasi va elementlardan bir-
ining valentligi (n) ma’lum bo‘lsa,
ikkinchisining
valentligini (m) formula bo‘yicha aniqlash mum-
kin: m=ny/x
Masalan, CO
2
da uglerod valentligi
m=(2∙2)/2=4 kislorod valentligi n = 2,
kislorod
atomlari soni y = 2, uglerod atomlari soni x = 1.
Demak, bu birikmada uglerod IV, kislorod II
valentli ekan.
Masala. 11 g uglerod (IV)- oksidda
qancha molekula mavjud?