• Kimyoviy reaksiyalar borishi uchun ma’lum shartlar bajarilishi kerak
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    II BOB. 22-MAVZU.
    Kimyoviy reaksiyalar tenglamalarini 
    tuzish
    O‘rganiladigan natijalar
    • Kimyoviy reaksiyalar 
    tenglamalarini tuzish
    • Kimyoviy reaksiyalar
    tenglamalarini tenglash
    Qog‘oz bo‘lagi yirtilsa va yondirilsa, qanday 
    hodisalar kuzatiladi?
    Kimyoviy reaksiyani ko‘ra olasizmi?
    Amalda kimyoviy reaksiya sodir bo‘lganini quyidagi belgilar bi-
    lan aniqlash mumkin:
    ▪ rang o‘zgarishi;
    ▪ cho‘kma hosil bo‘lishi yoki yo‘qolishi;
    ▪ gazsimon mahsulotlar ajralishi;
    ▪ yorug‘lik chiqishi;
    ▪ issiqlikning chiqishi yoki yutilishi.
    Keltirilgan belgilarning ba’zilari reaksiya tenglamalari-
    da aks ettiriladi. 
    Rang o‘zgarishi: Na (natriy gidroksidi – rangsiz) + fenol-
    ftalein (rangsiz) – malina rang.
    Cho‘kma hosil bo‘lishi: 
    BaCl
    2
    +H
    2
    SO
    4
    → →BaSO
    4
    ↓+2HCl
    Issiqlikning chiqishi: 
    CH
    4
    + 2O
    2
    →CO
    2
    + + 2H
    2
    O+ Q
    NaOH HCl belgi
    kuzatilmaydi
    NaOH MgCl
    2
    oq
    cho‘kma
    Gazsimon mahsulot lar 
    ajralishi: 
    Zn + 2HCl →ZnCl
    2
    + H
    2

    Kimyoviy reaksiyalar borishi uchun ma’lum shartlar
    bajarilishi kerak:
    1) kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning moleku-
    lalari to‘qnashishi kerak:
    2) ma’lum haroratgacha qizdirish;
    3) yorug‘lik yoki elektr toki ta’siri. 
    1. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari bir-bi-
    riga tegib turishi va ularning ta’sirlashish sathi katta bo‘lishi uchun 
    maydalanadi, kukun holiga keltiriladi yoki eruvchanlik xususiyati 
    yuqori bo‘lsa, eritib mayda zarralarga aylantiriladi. 
    2. Ba’zi kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi uchun issiqlik 
    be rilishi kerak. Issiqlik berish reaksiyaning boshlanishiga sabab 
    bo‘ladigan turlar ham bor. Masalan, shamning yonishi.
    Mis xona haroratida havo kislorodi bilan ta’sirlashmaydi (buning 
    uchun bir necha yillab vaqt kerak bo‘ladi), bu reaksiyani tez amalga 
    oshirish uchun misni qizdirish kerak bo‘ladi. Shakarning parchala-
    nishi uchun issiqlik to‘xtovsiz berilishi kerak, agar qizdirish to‘xtatil-
    sa, reaksiya ham to‘xtaydi.


    68
    3. Shunday reaksiyalar borki, ular amalga oshishi uchun 
    yorug‘lik zarur. Masalan, fotosintez jarayoni.
    Non yopish uchun tandir o‘tin yoqib qizdiriladi. Bu qanday 
    hodisaga kiradi? O‘tinning yonish jarayonida nimalar kuzatiladi?
    Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifodalanadi:
    reagent → mahsulot.
    Reagentlar har doim strelkaning chap tomoniga yoziladi. Ikki 
    yoki undan ortiq reagentlar bo‘lsa, har birining orasiga “+” bel-
    gisini qo‘yamiz. “+” belgisi “bilan ta’sirlashadi” yoki “bilan reak-
    siyaga kirishadi” degan ma’noni anglatadi. Strelka reagent(lar) 
    dan mahsulot(lar)ga ishora qiladi va “hosil bo‘ladi” yoki “ajraladi” 
    degan ma’noni anglatadi. Agar ikki yoki undan ortiq mahsulot 
    hosil bo‘lsa, ular orasiga ham “+” belgisi qo‘yiladi.
    Masalan, uglerod kislorodda yonganda karbonat angidrid 
    hosil qiladi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish