• 1-qadam
  • -qadam: reaksiyaning so‘z bilan ifodasi yoziladi.  2-qadam




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    1-qadam: reaksiyaning so‘z bilan ifodasi yoziladi. 
    2-qadam: kimyoviy tenglama tuziladi, ya’ni har bir reagent va mahsulot uchun mos belgi 
    yoki formulani yoziladi. 
    3-qadam: tenglamaning o‘ng va chap tomoni tenglashtiriladi. 
    Magniy va kislorod o‘rtasidagi reaksiyaning kimyoviy tenglamasi quyidagicha tasvirla-
    nadi:
    1-qadam: magniy + kislorod → magniy oksidi (so‘z bilan ifodasi) 
    2-qadam: Mg + O
    2
    → MgO (kimyoviy tenglama) 
    Kimyoviy tenglamani reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning belgilari yoki formulalari 
    oldiga to‘g‘ri koeffi tsiyentlarni qo‘yish orqali tenglashtiriladi.
    3-qadam: 2 Mg + O
    2
    → 2 MgO (tenglashtirilgan kimyoviy tenglama)
    E’tibor bering, kimyoviy tenglama tajribadagi faktlarni ifodalashi kerak.
    Shina ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar shinalarni juftlab sotadi (bitta shina sotib olish 
    mumkin emas). Velosiped uchun ikkita shina kerak; uch g‘ildirakli velosipedga uchta shina 
    kerak, avtomobilga esa to‘rtta shina kerak. 
    Yuqoridagi o‘xshashlik yordamida quyidagi elementlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan reak-
    siya tenglamalarini tuzing: magniy va xlor; alyuminiy va brom; uglerod va ftor.
    Reaksiya tenglamalarini tenglashtiring.
    Eslatma: Reagent yoki mahsulotlarning pastki 
    belgilari indeksini o‘zgartirmang.
    1. Cheklangan miqdordagi kislorod bilan 
    uglerod reaksiyasi tenglamasini tenglashti-
    ring. 
    1-qadam: uglerod + kislorod → uglerod 
    oksidi.
    2. Ruxning xlorid kislotasi bilan reak-
    siyaga kirishish kimyoviy tenglamasini 
    teng lashtiring. 
    1-qadam: rux + xlorid kislotasi → rux 
    xlorid + vodorod.
    Kimyoviy tenglama: C + O
    2
    → CO
    2
    1 atom 1 molekula 1 molekula 
    uglerod kislorod karbonat angidrid 
    Bu shuni anglatadiki, bir uglerod atomi bitta kislorod molekulasi bilan reaksiyaga kirishib, 
    bitta karbonat angidrid molekulasini hosil qiladi.


    70

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -qadam: reaksiyaning so‘z bilan ifodasi yoziladi.  2-qadam

    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish