80
Asosiy tushunchalar
Tabiiy oilalar – o‘xshash
kimyoviy va fi zik
xususiyatlar
bilan birlashtirilgan elementlar
guruhi.
Ishqoriy metall – suv bilan
o‘zaro ta’sirlashib, kuchli eri-
ydigan asos –
ishqor hosil qi-
luvchi element turi.
Galogen – tuz hosil qiluvchi
degan ma’noni anglatadi.
Inertlik – past
kimyoviy faol-
lik.
IUPAC – Xalqaro nazariy va
amaliy kimyo ittifoqi.
IUPAC nomenklaturasi kim-
yo viy birikmalarni nomlash va
kimyo fanini tavsifl ash tizimidir.
Davriy jadval kimyoviy elementlarning atom raqami
(protonlar soni), elektron tuzilishi
va kimyoviy xossala-
ri bo‘yicha tartiblangan joylashuvidir. Ushbu tartib ele-
mentlarni davriy o‘zgarishlari bo‘yicha ajratadi, ular bir xil
ustundagi o‘xshash xossalarga ega.
Elementlar oilasi davriy jadvaldagi elementlar
ustunidir. Oilaning har bir a’zosi bir xil miqdordagi valent
elektronlarga ega. Oila a’zolari o‘xshash kimyoviy va fi zik
xususiyatlarga ega. Elementlar
oilasi elementlar guruhi
deb ham ataladi. Chalkashliklar yuzaga kelgan sabab-
li, IUPAC elementlar guruhlarini nom bilan emas, balki
raqam bilan belgilashni afzal ko‘radi va hozirda 18 ta
elementlar oilasi yoki guruhlar mavjud. Bunday taqsimot
elementlardan amaliy foydalanishda muhim
ahamiyatga
ega.
1. Nima uchun ishqoriy metallar kerosin qatlami ostida
saqlanishini tushuntiring.
2. Ishqoriy metallarning kislorod va xlor bilan oʻzaro taʼsiri
reaksiya tenglamasini natriy misolida yozing.
3. Galogenlarning vodorod bilan o‘zaro ta’siri reaksiya tenglamalarini yozing.
4. Mantiqiy zanjirni davom ettiring va tushuntiring.
NaCl → NaOH →Na
2
O→…
K
2
SO
4
→ H
2
SO
4
→SO
3
→…
5. Havo tarkibi haqida ma’lumotlar to‘plang va undagi inert gazlar miqdorini daftaringizga qayd
eting.