7 sinf ximiya indd




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/157
Sana01.02.2024
Hajmi66,04 Mb.
#150134
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   157
Bog'liq
7-sinf KIMYO 2022

III BOB. 3-MAVZU.
 Kimyoviy elementlar davriy jadvali
O‘rganiladigan natijalar
• Davrlar 
• Guruhlar 
• Kimyoviy elementlar joylashuvi
Asosiy tushunchalar 
Davrlar – gorizontal qator-
lar, ishqoriy metalldan bosh-
lanib, inert gaz bilan tugaydi. 
Guruhlar – vertikal qator-
lar, bosh va qo‘shimcha guru-
hchalarga bo‘linadi.
20
Ca
Kalsiy
40,08






82
Hozirgi vaqtda davriy sistemani tasvirlashning 500 dan ortiq variantlari bor: bular davriy 
qonunning turli shakldagi ifodasidir. D.I. Mendeleyev 1869-yil 1-martda taklif etgan ele-
mentlar davriy sistemasining birinchi varianti uzun shakldagi varianti deyiladi. Bu variantda 
har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan edi. 1870-yil, dekabr oyida u davriy sistemaning 
ikkinchi variantini – qisqa shakli deb atalgan variantini bosib chiqardi. Bu variantda davrlar 
qatorlarga, gruppalar esa (bosh va yonaki) gruppachalarga bo‘lingan edi. Davriy sisteman-
ing ixcham bo‘lgan qisqa shakldagi varianti eng ko‘p tarqalgan. 
1. Qaysi elementlarning yuqori valentligi davriy jadvalda joylashgan guruhiga mos bo‘lmaydi? 
2. IA, VA, VIIA va VIIIA guruhchalarida joylashgan elementlarni ayting?
3. 1-, 2- va 3-davrlarda joylashgan barcha elementlarni sanang. 
4. IVA guruh va 3-davrga qaysi element kiradi? 
5. Qaysi element VIIA guruh va 2-davrga tegishli?
6. Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing. 
a) II guruh elementlari keltirilgan kataklarni yashil
b) 3-davr elementlari keltirilgan kataklarni havo rangga bo‘yang.
a)
Magniy
Surma
Kaliy
Rux
Kaliy
Oltin
Berilliy
Bor
Uglerod
b)
Natriy
Azot
Bor
Galliy
Alyuminiy
Fosfor
Skandiy
Kislorod
Kremniy

Download 66,04 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   157




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish