7 sinf ximiya indd




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/157
Sana01.02.2024
Hajmi66,04 Mb.
#150134
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   157
Bog'liq
7-sinf KIMYO 2022

Topshiriqlar


81
1.“Davriy” deganda nimani tushunasiz?
2. Kunlarning davriyligini qanday tasvirlaysiz?
3. Yana qanday davriyliklarni bilasiz?
Elementlarni tasnifl ash bo‘yicha eng muvaff aqiyatli 
urinish 1869-yilda rus kimyogari Dimitriy Mendeleyev to-
monidan ilgari surilgan. U ma’lum bo‘lgan 63 ta element-
ni atom massalari ortib borishi bo‘yicha joylashtirganda, 
o‘xshash xususiyatlarga ega elementlar ma’lum oraliqlarda 
paydo bo‘lishini kuzatgan. Bu davriylik deb nomlanadi. 
Davriy jadvalni tuzishda D. I. Mendeleyev atomning asosiy xarakteristikasi sifatida uning 
massasini qabul qilib oldi. “Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalar-
ining shakl va xossalari elementlar atom og‘irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq-
dir”, – deb izohlangan 
davriy qonunga asoslanib, elementlarning davriy jadvali tuzilgan.
Elementlarning 
davriy jadvali davriy qonunning grafi k (jadval tarzidagi) tasviridir. 
Qonunning kashf etilishi va davriy jadval birinchi variantining yaratilish vaqti 
1869-yil 1- 
mart hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda Mendeleyev davriy tizimi 118 ta kimyoviy elementni o‘z ichiga oladi. 
Davriy sistemadagi barcha elementlar bir-biridan keyin ketma-ket kelishi tartibida raqam-
langan. Elementlarning raqamlari tartib yoki atom raqamlari deyiladi.
Atom raqami 
Kimyoviy belgisi
Nomi
Atom massasi
Davriy jadval gorizontal qatorlarida 
7 ta davr bor (rim raqamlari bilan belgilangan), ul-
ardan I, II va III davrlar kichik davrlar IV, V, VI va VII davrlar katta davrlar deyiladi. 
Birinchi davrdan boshqa barcha davrlar ishqoriy metall bilan boshlanib, inert gaz bilan 
tugaydi.
Davriy jadvaldagi vertikal qatorlarda 
8 ta guruh joylashgan (rim raqamlari bilan belgilan-
gan), guruhning raqami elementlarning birikmalarda namoyon qiladigan valentliklari bilan 
bog‘liq. Odatda, elementlarning yuqori valentliklari guruh raqamiga tengdir. F va O bundan 
mustasno – ularning valentliklari tegishlicha F–I, O–II ga teng.
Har qaysi gruppa ikkita — bosh va yonaki gruppachaga bo‘lingan, bu davriy sistemada 
birinchini o‘ngga, boshqasini esa chapga siljitib yozish bilan ko‘rsatilgan

Download 66,04 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   157




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish