• Triadalar qonuni
  • Shankartua spirali
  • Metallmaslar
  • Meyer jadvali
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    O‘rganiladigan natijalar
    • Kimyoviy elementlarning
    tasnifl anishi; 
    Davriy jadvalning tuzilishi; 
    • Davr va guruhlar. 
    Davriy jadval qanday shakllangan-
    ligini bilasizmi? Dmitriy Ivanovich Men-
    deleyev davriy jadvalni ilmiy asoslab 
    bergan birinchi kimyogar. Ammo u buni 
    qanday uddalagan? U elementlarni qa-
    nday asosda joylashtirgan? Undan oldin 
    va keyin bu ishni qilishga uringan bosh-
    qa kimyogarlar kim edi?
    Masalan, kaliy ko‘p jihatdan natriyga 
    o‘xshaydi. Birikmalarda ular bir valentli, 
    suv bilan birikib asos hosil qiladi, asoslari 
    esa ishqorlardir. Shuning uchun ular ish-
    qoriy metallar deb ataladi. Xususiyatlari 
    bo‘yicha kaliy va natriyga o‘xshash bosh-
    qa elementlar ham mavjud. Ular alohida 
    oila – ishqoriy elementlar oilasiga ajratil-
    gan: 
    Li, Na, K, Rb, Cs, Fr.
    Guruh
    III
    IV
    V
    VI
    VII VIII
    1-davr H
    He
    2-davr
    B
    C
    N
    O
    F
    Ne
    3-davr
    Si
    P
    S
    Ci
    Ar
    4-davr
    As
    Se
    Br
    Kr
    5-davr
    Te
    I
    Xe
    6-davr
    At
    Rn
    Triadalar qonuni
    1829-yilda nemis kimyogari I. V. Dyo-
    bereyner xossalari boʻyicha bir-biriga oʻx-
    shash baʼzi elementlarni 3 ta guruhga bir-
    lashtirish mumkinligini payqagan va ularni 
    triadalar deb atagan.
    1-triada: Li, Na, K.
    Atom massalari mos ravishda 7, 23, 
    39 ga teng. 
    Shankartua spirali
    1863-yilda fransuz geologi va kimyo-
    gari A. E. Shankartua vertikal chiziqlarga 
    bo‘lingan silindr yuzasida elementlarni 
    atom og‘irliklarining o‘sish tartibida spiral 
    shaklida joylashtirdi.
    Metallar (lotincha “metallum” – shax ta, 
    kon degan ma’noni anglatadi) – yuqori issiq-
    lik va elektr oʻtkazuvchanlik, egiluvchanlik va 
    metall yaltiroqliligi kabi xarakterli xossalarga 
    ega boʻlgan oddiy moddalar koʻrinishidagi 
    elementlar guruhi.
    Metallmaslar – davriy tizimning yuqori 
    o‘ng burchagini egallagan, odatda metall-
    mas xususiyatlarga ega kimyoviy element-
    lar.


    76
    Davriy qonun 
    1870-yildagi davriy sistemada 
    elementlar joylashuvi. Xususiyat-
    lari D. I. Mendeleyev tomonidan 
    bashorat qilingan elementlarga 
    mos keladigan kataklar yashil 
    rangda ko‘rsatilgan.
    Meyer jadvali
    1870-yilda nemis kimyogari Y. L. Mey-
    er elementlar valentligiga asoslangan jad-
    valida atom massa muntazam o‘zgarishini 
    ta’kidlash uchun elementlar sonini chekla-
    gan edi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish