86
Tarkibi hajmi bo‘yicha 21% O
2
, 78% N
2
, 0,5% Ar va 0,5% CO
2
bo‘lgan havoning o‘rta-
cha molyar massasini hisoblaymiz.
Havo 1 mol deb olinadi ν (O
2
) = 0,21 mol, ν (N
2
) = 0,78 mol, ν (Ar) = 0,005 mol va ν
(CO
2
) = 0,005 mol.
М
o‘rt (havo)
= (0,21· 32 + 0,78 · 28 + 0,005 · 40 + 0,005 · 44)/(0,21 + 0,78 + 0,005 + 0,005)
= 29 g/mol
Gazlarning nisbiy zichligi bilan bog‘liq ko‘plab hisoblash masalalarida havoning o‘rtacha
molyar massasi doimo D
(havo)
= 29 g / mol deb qabul qilinadi.
Havodagi karbonat angidrid issiqxona eff ektini yu-
zaga
keltiruvchi gaz sifatida, sayyoraning kosmos bi-
lan issiqlik almashinuviga ta’sir qiladi, bir qator qay-
ta tarqaladigan issiqlikni
samarali toza va shu bilan
sayyora iqlimining shakllanishida ishtirok etadi.
Topshiriqlar
1. Issiqlikni saqlash uchun derazalar ikki oynali qilib yasaladi. Bunda havoning qaysi xususiyati
inobatga olingan?
2. Havoning tarkibidagi qaysi gaz nafas olish uchun zarur?
3. Nafas olingan va chiqarilgan havoning tarkibi bir xilmi?
4. Mo‘ynadan tikilgan kiyimlar va jun qo‘lqoplar odamni isitishi rostmi?
5. Havo tarkibidagi gazlarning miqdoriy va sifat qiymatlarini nomlang hamda diagrammasini
chizing.
Azot havoning asosiy tarkibiy qismi (78,084%
hajm va 75,5% massa jihatidan)
va Yerdagi eng
keng tarqalgan elementlardan biridir. Oddiy mod-
da sifatida u rangsiz, ta’msiz va hidsiz ikki atomli
gazdir. Kimyoviy jihatdan juda inert.
Kislorod havoning
azotdan keyin ikkinchi eng
ko‘p komponentidir. U havoning hajm bo‘yicha
20,9476% i va massa bo‘yicha 23,15% ini tashkil
qiladi. Azot bilan birgalikda bu ikki gaz barcha at-
mosfera havosining taxminan 99% ini tashkil etadi.
Kislorod kimyoviy faol metallmasdir. Oddiy sha-
roitda
oddiy modda sifatida u rangsiz, ta’msiz va
hidsiz gaz bo‘lib, molekulasi ikkita kislorod atomidan
iborat (kimyoviy formulasi O
2
).