87
IV BOB. 2-MAVZU.
Havoni ifl oslanishiga ta’sir etuvchi omillar
O‘rganiladigan natijalar
• Havoning
tarkibi
• Ifl oslanish turlari
• Ifl oslanishni kamaytirish
Yer atmosferasi har doim hozirgi tarkibda bo‘lganmi?
Atmosfera Yer shari bilan birga shakllana boshlagan. Sayyora
evolyutsiyasi jarayonida va
uning zamonaviy tuzilish va tarkibga kelguniga qadar bir qator kimyoviy va fi zik o‘zgarishlar-
ga uchragan. Evolyutsion modelga ko‘ra, dastlabki bosqichda Yer erigan holatda bo‘lgan va
taxminan 4,5 milliard yil oldin qattiq jism sifatida shakllana boshlagan. Bu bosqich geologik
xronologiyaning boshlanishi sifatida qabul qilinadi. O‘sha paytdan boshlab atmosfera evo-
lyutsiyasi boshlangan.
Vulqonlarning otilishi natijasida azot N
2
, ammiak NH
3
, metan CH
4
, suv bug‘lari,
is gazi CO
va karbonat angidrid CO
2
ajralib chiqqan. Quyoshdan kelgan ultrabinafsha nurlar ta’sirida
suv bug‘lari vodorod va kislorodga ajraladi, ammo chiqarilgan kislorod uglerod oksidi bilan
reaksiyaga
kirishib, karbonat angidridni hosil qilgan. Ammiak azot va vodorodda parchalan-
gan. Diff uziya jarayonida vodorod ko‘tarilib, atmosferani tark etgan, og‘irroq azot esa tashqa-
riga chiqa olmay, asta-sekin to‘planib, asosiy tarkibiy qismga aylangan.
Ultrabinafsha nurlar va elektr razryadlari ta’sirida Yerning
asl atmosferasida mavjud
bo‘lgan gazlar aralashmasi kimyoviy reaksiyalarga kirishadi, buning natijasida organik mod-
dalar, xususan, aminokislotalar hosil bo‘ladi. Qadimgi o‘simliklar paydo bo‘lishi,
kislorodning
chiqishi bilan fotosintez jarayoni boshlandi. Bu gaz atmosferaning yuqori qatlamlarida dif-
fuziyaga uchrab, uning pastki qatlamlari va Yer yuzasini hayot uchun xavfl i ultrabinafsha va
rentgen nurlanishidan himoya qila boshladi.
Yerning tortishish kuchi gazlarni sayyora yaqinida ushlab turishga muvaff aq bo‘ldi, ular
to‘planib Yer atmosferasini shakllantirdi. Atmosferaning dastlabki tarkibi zamonaviy havo
tarkibidan sezilarli darajada farq qilgan.