90
IV BOB. 3-MAVZU.
Kislorodning umumiy tavsifi
O‘rganiladigan natijalar
• Kimyoviy belgisi
• Kashf etilishi
• Tabiatda tarqalishi
Eng muhim elementlarni o‘rganishni kisloroddan boshlashimiz bejiz emas.
Kislorod ha-
qiqatan ham eng muhim elementdir. Uning kimyosi davriy jadvalning deyarli barcha element-
lari bilan chambarchas bog‘liq, chunki kislorod ularning har biri bilan ma’lum birikmalar hosil
qiladi. Istisno faqat inert gazlar – geliy, neon, argondir.
Yana bir muhim sabab shuki: kislorod Yer sharida hayot mavjudligida alohida rol o‘ynay-
di. Sayyora yuzasida – Yer qobig‘ida – bog‘langan kislorod
eng keng tarqalgan element
hisoblanadi. Minerallar tarkibida, boshqa elementlar
bilan birikmalar shaklida, u yer qobig‘i
massasining 47% ini tashkil qiladi! Yer atmosferasida kislorod erkin (bog‘lanmagan) holatda
bo‘ladi: hajm bo‘yicha 21% yoki massa bo‘yicha 23% ini tashkil qiladi.
Tarixiy eslatma
Havo emas, balki uning faqat “faol” qismi yonishini ta’kidlaydigan birinchi xulosalar mil-
oddan avvalgi VIII asrdagi Xitoy qo‘lyozmalaridan topilgan. Keyinchalik Leonardo da
Vinchi
(1452–1519) havoni ikkita gaz aralashmasi, ulardan faqat bittasi
yonish va nafas olish
jarayonida ishtirok etadi, deb ta’rifl agan. Kislorodni deyarli bir vaqtda K. Sheele (1769–
1770) selitra (KNO
3
, NaNO
3
), marganets (IV)- oksidi MnO
2
va
boshqa moddalarni qizdirish,
J. Pristli (1774) esa qoʻrgʻoshin oksidi Pb
3
O
4
va simob oksidi HgO ni qizdirish yoʻli bilan ol-
gan. 1772-yilda Daniel Rezerford azotni kashf etdi. 1775-yilda A. Lavuazye havoni miqdoriy
tah lil qilib, uning “turli xil va ta’bir joiz bo‘lsa, qarama-qarshi tabiatdagi ikkita (gaz) dan”,
ya’ni kislorod va azotdan iborat ekanini aniqladi.
Keng ko‘lamli eksperimental tadqiqotlar asosida Lavuazye yonish va nafas olishni mod-
dalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonlari sifatida to‘g‘ri tushuntirdi.
Kislorod kis-
lotalarning bir qismi bo‘lgani sababli, Lavuazye uni kislorod deb nomladi.