|
Yonish reaksiyasining paydo bo‘lishi va borishi shartlari Pdf ko'rish
|
bet | 87/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022Yonish reaksiyasining paydo bo‘lishi va borishi shartlari
Avvalo, yonishning boshlanishi uchun yonuvchan moddaning
kislorod bilan aloqasi zarur. Agar biron bir modda yopiq joyda yon-
sa, kislorod tezda sarfl anadi va yonish to‘xtaydi. Shuning uchun
pechkada uzluksiz yonishni ta’minlash uchun mo‘ri quriladi. Yon-
ishdan qizigan mahsulotlar havodan yengilroq bo‘ladi va yuqoriga
ko‘tariladi, natijada ularning o‘rniga toza havo kirib, kislorod bilan
ta’minlaydi. Mo‘ri qanchalik baland bo‘lsa, havo oqimi kuchliroq va
yonish faolroq bo‘ladi.
Yonish intensivligi
havodagi kislorod miqdoriga bog‘liq. Shun-
ing uchun olov haroratini oshirish uchun unga orqali havo pufl anadi
yoki toza kislorod beriladi. Bu usul temirchilar, gaz payvandchi-
lari, metallurglar, shisha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanila-
di. Balki siz ham undan foydalangandirsiz. Yodingizda bo‘lsa, siz
cho‘g‘langan o‘tinni pufl ab olov yoqishga uringansiz, to‘g‘rimi?
Olovni o‘chirish
Yong‘inni o‘chirish uchun ko‘pincha suv ishlatiladi, chunki suv havoning kirib kelishiga
to‘sqinlik qiladi va bug‘lanish tufayli yonayotgan obyektni sovitadi. Ammo shunday modda-
lar borki, ularni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Bularga ba’zi metallar (kaliy, natriy) kiradi, ular
o‘zlari suv bilan faol ta’sir qiladi, bu esa faqat olovni kuchaytirishi mumkin.
Spirt lampasi alangasi
qanday o‘chirilishini
eslang. Nega aynan
shunday qilinishi
sababini tushuntiring.
o‘tning tafti va hidini his qilishingiz mumkin. Bu issiqlik tufayli pichan hatto yonishi mumkin.
Bu holat tabiatdagi moddalarning sekin oksidlanishiga misoldir. Sekin oksidlanish ma’lum
sharoitlarda yonish jarayoniga aylanishi mumkin.
Yonishning yana bir sharti shundaki,
moddaning yonish haroratiga qadar qizdirilishi
kerak. Moddaning yonishi mumkin bo‘lsa ham, u qizdirilmaguncha yonmaydi. Misol uchun,
qog‘oz 230°C ga qadar qizdirilganda havoda yonib ketadi, benzin esa 300°C ga qadar
qizdirilishi kerak. Odatda, modda olov haroratiga erishish uchun yondiriladi. Yonayotgan
modda o‘z-o‘zidan yonishda davom etadi, chunki yonish jarayonida ko‘p miqdorda issiqlik
chiqariladi, buning natijasida moddaning keyingi qismi asta-sekin qizib ketadi.
Ba’zi moddalarning yonish harorati xona haroratiga yaqin. Bunday moddalar havoda
o‘z-o‘zidan, qizdirilmasa ham yonadi. Ushbu hodisa
|
| |