99
Kimyoviy laboratoriyalarda olovni qanday o‘chirish mumkin?
Kimyoviy laboratoriyalarda ishlatiladigan olovni o‘chirishning eng samarali usuli qum,
ko‘pik, o‘t o‘chirgichlar yoki maxsus asbest yopqich bilan havo kirishini to‘xtatishdir.
Yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan mahsulotlar yoki moddalar yonilg‘i his-
oblanadi.
Yonilg‘i qattiq, suyuq, gazsimon bo‘ladi.
Yonilg‘idan xavfsizlik qoidalariga rioya
qilgan holda foydalanish kerak, aks holda yong‘in
sodir bo‘ladi.
Yong‘in nazoratsiz qolgan yonish hodisasidir.
Topshiriqlar
1. Qattiq yonilg‘i yonganida qanday qoldiq qoladi?
2. Yonish sodir bo‘lishi uchun qanday sharoitlar zarur?
3. Nima uchun yonayotgan narsalarni o‘chirishda qalin adyoldan foydalanish mumkin?
4. Nima deb o‘ylaysiz, azot, kislorod, karbonat angidrid va suv bug‘lari Yer atmosferasida qanday
vazifalarni bajaradi?
5. Yonish jarayonining sanoatda, qishloq xo‘jaligi, transport, kundalik turmushdagi ahamiyatini
aytib bering.
6. Yong‘in paydo bo‘lganda siz qanday harakat qilgan bo‘lar edingiz.
Birinchi navbatda nimaga
e’tibor berish kerak deb hisoblaysiz?
Vatanimizda qanday
yonilg‘i konlari bor?
Siz suv bilan ba’zi organik moddalar, masalan, benzin, kerosin va boshqalarni o‘chira
olmaysiz.
Ular suvdan yengilroq, shuning uchun ularni suv bilan o‘chirishga harakat qil-
sangiz,
yer yuzasiga suzib, yonishda davom etadi va olovni yaqin atrofga ham tarqatadi.
Elektr jihozlarining nosozligidan kelib chiqqan yong‘inni ham suv bilan o‘chirish mumkin
emas.