• Alangada sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar
  • Kimyoviy tajribalar paytida moddalarni alanganing haro- rati eng yuqori bo‘lgan qismida qizdirish kerak. 1-tajriba
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    IV BOB. 7-MAVZU.
    Amaliy mashg‘ulot. 
    Alanga tuzilishi va moddalarning kislorodda 
    yonishi
    O‘rganiladigan natijalar
    • Alanga tuzilishi 
    • Kislorod olish va uni yig‘ish 
    • Oddiy moddalar yonishi
    • Murakkab moddalar yonishi
    • Alangani o‘chirish
    Alanga qanday hosil bo‘ladi?
    Har xil turdagi yoqilg‘ining yonishi odatda alanga bilan namoy-
    on bo‘ladi. Alanga yonayotgan gazlar yoki bug‘lardir. Olovning tu-
    zilishini o‘rganish uchun biz spirt lampasidan foydalanamiz. 
    Alanganing uchta qismi mavjud: 
    – alanganing yuqori qismi – chetlari xira, eng issiq qismi;
    – alanganing o‘rta qismi ravshan, issiq qismi;
    – alanganing pastki qismi – juda xira, issiq bo‘lmagan, pilikka 
    yaqin qismi.
    Alangada sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar
    Alanganing pastki qismida (3) gazlar (yonish paytida hosil 
    bo‘lgan) havo bilan aralashadi. Agar siz gugurt boshini alangan-
    ing bu qismiga olib kelib, uni bir muddat ushlab tursangiz, gugurt 
    darhol yonmaydi. Bu nisbatan eng sovuq zona.
    Alanganing o‘rta qismi (2) eng yorqin. Buning sababi shunda-
    ki, yuqori harorat ta’sirida spirt o‘z ichiga olgan mahsulotlarning 
    parchalanishi sodir bo‘ladi, hosil bo‘lgan qattiq mayda zarracha-
    lar qiziydi va yorug‘lik chiqaradi. Alanganing o‘rta qismidagi haro-
    rat pastki qismiga qaraganda yuqori.
    Alanganing yuqori qismida (1) karbonat angidrid va suv hosil 
    bo‘lishi bilan gazlarning to‘liq yonishi amalga oshadi. Natijada, bu 
    qismdagi olov yorqin bo‘lmaydi, lekin eng yuqori harorat yuzaga 
    keladi. 
    Kimyoviy tajribalar paytida moddalarni alanganing haro-
    rati eng yuqori bo‘lgan qismida qizdirish kerak.
    1-tajriba
    Spirt lampasini yoqib, o‘chirib ko‘ring.
    1. Spirt lampasini gugurt cho‘pi bilan yoqing.
    2. Spirt lampasini o‘chirishda pilik qalpoqchani 
    yoping. 

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish