|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 86/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022O‘rganiladigan natijalar
• Yonish turlari
• Yonilg‘i va uning turlari
• Olovni o‘chirish
Yonishning zamonaviy nazariyasini fransuz kimyogari A. Lavuazye ilgari surgan. U yonish
havo, aniqrog‘i, uning tarkibiy qismlaridan biri – kislorod ishtirokida sodir bo‘lishini aniqladi.
Bundan tashqari, Lavuazye havo oddiy modda emas, balki gazlar aralashmasi ekanini isbot-
ladi va uning tarkibini aniqladi.
Havoning bir qismi bo‘lgan barcha gazlardan faqat kislorod yonadi. Moddalarning yonishi
uning faolligi va havodagi kislorod miqdoriga qarab har xil tezlikda sodir bo‘lishi mumkin.
Fosfor, metan, magniy kabi faol moddalar juda tez yonib ketadi.
O‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?
Havodagi kislorod miqdori yonish faolligiga sezi-
larli ta’sir qiladi. Agar havoda 15% dan kam kislorod
bo‘lsa, u holda yonish mumkin bo‘lmaydi. Agar kislo-
rod miqdori 30% dan oshsa, yong‘inni o‘chirish juda
qiyin bo‘ladi. Bunda sayyoramizdagi barcha daraxtlar
o‘rmon yong‘inlari natijasida yonib ketar, yong‘in faqat
kuchli yomg‘ir bilan o‘chirilishi mumkin edi. Yonish
paytida maishiy va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatilishi
mumkin bo‘lgan juda ko‘p issiqlik (energiya) chiqarila-
di. Bundan tashqari, yonish paytida yorug‘lik chiqariladi
va ko‘pincha bu jarayon olov hosil bo‘lishi bilan birga
yuzaga keladi.
Asosiy tushunchalar
Sekin oksidlanish − olov
va ko‘p miqdorda issiqlik hosil
qilmasdan, moddalar ning kis-
lorod bilan o‘zaro sekin ta’sir-
lash jarayoni.
Yong‘in − nazoratsiz qol-
gan yonish hodisasi.
Yonilg‘i − yonuvchanligi
natijasida issiqlik bera oladi-
gan mahsulot yoki moddalar
Zang qanday hosil bo‘ladi?
Ba’zi moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’siri sekin, sezilarli
darajada issiqlik chiqarmasdan sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hol-
da yonish kuzatilmaydi va bu jarayon sekin oksidlanish deb atala-
di. Masalan, temir havoda saqlansa, asta-sekin qizil zang kukuni-
ga aylanadi, uni shartli ravishda tenglama bilan tavsifl ash mumkin:
4Fe + 3O
2
= 2Fe
2
O
3
Sekin oksidlanish olovning yo‘qligi va davomiyligi bilan yonish-
dan farq qiladi. Kundalik hayotda ikkala jarayon ham tez-tez sodir
bo‘ladi. Biz tabiiy gaz yoki o‘tinni pechkada yoqib, yonishini ko‘ra-
miz. Sekin oksidlanish jarayonlari esa unchalik sezilmaydi. Metall
buyumlar vaqt o‘tishi bilan xiralashishini kuzatganmiz. Bunda ular
oksid qatlami bilan qoplanadi. Agar siz pichanzorga kirsangiz, ho‘l
|
| |