105
Stratosferadagi ozon miqdori tabiiy ravishda yil davomida ozon
molekulalarini hosil qilu-
vchi va yo‘q qiluvchi kimyoviy jarayonlar, shuningdek, ozon molekulalarini sayyora bo‘ylab
harakatlantiruvchi shamollar va boshqa transport jarayonlari natijasida o‘zgarib turadi. Bir-
oq, bir necha o‘n yillar ichida inson faoliyati ozon qatlamini sezilarli darajada o‘zgartirdi.
Ozon qatlamining yemirilishi, 1970-yillardan beri kuzatilayotgan stratosfera ozonining
global pasayishi qutb mintaqalarida aniq namoyon bo‘ladi va
stratosferadagi xlor hamda
bromning ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Ushbu kimyoviy moddalar ozon molekulalaridan alohi-
da kislorod atomlarini olib tashlash orqali ozonni yemiradi.