101
Ko‘mir bo‘lagining havoda va toza kislorodda yonishi jarayoni
bir xil tezlikda sodir bo‘ladimi?
3-tajriba
Jihozlar: moddalarni yoqish uchun qoshiqlar, spatel, spirt lampa, gugurt, hajmi 1 litr
bo‘lgan
kolbalar, kolbalar uchun tiqinlar.
Reaktivlar: kislorod, pistako‘mir.
Ishning borish tartibi:
1. Temir qoshiqchaga bir bo‘lak pistako‘mir solib, u spirt lampasi alangasida cho‘g‘
bo‘lguncha qizdiriladi.
2. Yallig‘lanib turgan ko‘mir bo‘lakchasini kislorodli idishga tushiriladi.
3. Sodir bo‘lgan hodisani izohlang.
4. Ko‘mir yonib bo‘lgach, idishga ohakli suv quyib, chayqatiladi. Sodir bo‘lgan hodisani
izohlang.
4-tajriba
Jihozlar: moddalarni yoqish uchun qoshiqlar, spatel, spirt lampa, gugurt, hajmi 1 litr
bo‘lgan kolbalar, kolbalar uchun tiqinlar.
Reaktivlar: kislorod, oltingugurt.
Oltingugurtning yonishi:
– spatel bilan temir qoshiqqa biroz oltingugurt oling;
– oltingugurtni spirt lampasi alangasida qizdiring
va kuzatuvlarni yozing;
– oltingugurt bilan qoshiqni kislorodga botiring, kolbani tiqin bilan yoping;
– kuzatishlar va reaksiya tenglamasini
natijalar jadvaliga yozing;
– xulosa qiling.
5-tajriba
Jihozlar: moddalarni yoqish uchun qoshiqlar, spatel, spirt lampa, gugurt, hajmi 1 litr
bo‘lgan kolbalar,
kolbalar uchun tiqinlar, temir yonishi uchun kolbada qum.
Reaktivlar: kislorod, oltingugurt.