113
Tabiatda vodorod
Vodorod koinotdagi eng keng tarqalgan elementdir. U barcha atomlarning taxminan
92% ni tashkil qiladi (8% geliy atomlari, barcha boshqa elementlarning birgalikdagi ulushi
0,1% dan kam). Shunday qilib, vodorod yulduzlar va yulduzlararo gazning asosiy tarkibiy
qismidir. Yulduz harorati sharoitida (masalan, Quyosh sirtining harorati ~6000 °C) vodorod
plazma
shaklida, yulduzlararo bo‘shliqda esa bu element alohida molekulalar, atomlar va
ionlar shaklida mavjud bo‘lib, hajmi, zichligi va harorati jihatidan sezilarli darajada farq qilu-
vchi molekulyar bulutlarni hosil qiladi.
Kimyoviy belgisi − H
Oddiy modda formulasi − H
2
Valentligi − I
Nisbiy atom massasi − 1,0078
Nisbiy molekulyar massasi −
2,0156
Yer qobig‘i va tirik organizmlardagi vodo rodning mas-
sa ulushi 1% ni tashkil qiladi –
bu eng keng tarqalgan
o‘ninchi element. Biroq uning tabiatdagi roli massa bi-
lan emas, balki boshqa elementlar orasidagi ulushi 17%
bo‘lgan atomlar soni bilan belgilanadi (kisloroddan keyin
ikkinchi o‘rin, atomlarning ulushi ~ 52%). Shuning uchun
Yerda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarda vodor-
odning ahamiyati deyarli kislorodniki kabi katta. Yerda
bog‘langan va erkin holatda mavjud bo‘lgan kisloroddan
farqli o‘laroq, deyarli barcha
vodorod birikmalar shak-
lida bo‘ladi; atmosferada oddiy modda holidagi juda oz
miqdordagi vodorod (hajm bo‘yicha 0,00005%) uchray-
di. Vodorod deyarli barcha organik moddalarning tarkibiy
qismi bo‘lib, barcha tirik hujayralarda mavjud. Tirik hu-
jayralarda atomlar soni bo‘yicha vodorod deyarli 50% ni
tashkil qiladi.
Vodorod Yerda uglevodorodlar va suv kabi
kimyoviy birikmalar shaklida ham
keng tarqal-
gan. Vodorod suvda 11,11%, tabiiy gazning
asosini tashkil qiladigan metanda 25% mavjud.