116
Vodorod yonuvchi gaz ekanini kuzatdik. Ammo vodorod yonishga
yordam bermaydi. Buni sinash uchun yonib turgan yog‘ochni vodorod
to‘ldirilgan probirkaga ehtiyotkorlik bilan kiritilsa, probirka ichida olov
o‘chib qoladi. Probirkaga yig‘ilgan vodorod chiqib ketadi.
Vodorod yonganda faqat suv hosil bo‘ladi. Buni
ham tajribada ku-
zatish mumkin. Kryushkin asbobidan ajralib chiqayotgan vodorodni
probirkaga yig‘ib olgandan keyin, uni yoqib ko‘rish mumkin. Yonib
turgan alangaga shisha plastinka tutib turilsa, shisha plastinkada suv
tomchilari hosil bo‘lganini ko‘ramiz.
Topshiriqlar
1. Gazlarni olish uchun qurilmaning germetikligini qanday tekshirish mumkin?
2. Reaksiya jarayonida ajralib chiqqan modda vodorod ekanini qanday isbotlay olasiz?
3. Bu reaksiyada vodoroddan tashqari qanday modda hosil bo‘ladi?
4. Molekulyar og‘irligi ularni yig‘ish usulini tanlashga qanday ta’sir qiladi?
5. Kuzatilgan hodisalarning qaysi biri a) fi zikaviy; b) kimyoviy?
Vodorodni birinchi bo‘lib ta’rifl agan ingliz kimyogari Genri Kavendish uni temirni sulfat
kislota bilan ta’sir ettirish yo‘li orqali olgan:
Fe + H
2
SO
4
→ FeSO
4
+ Н
2
Vodorod bilan sovun pufagini to‘ldirish
mumkin. Buning uchun gaz gaz o‘tkazish
nayini sovunli eritma ichiga tushiriladi.
Naychaning oxirida vodorod bilan to‘layot-
gan sovun pufakchasi
shakllana boshlay-
di. Vaqt o‘tishi bilan pufak yuqoriga ko‘tari-
ladi. Bu usul ham vodorodning y engil
ekanini isbotlaydi.