119
V BOB. 4-MAVZU.
Kislotalar
O‘rganiladigan natijalar
• Tabiiy kislotalar
• Sintetik kislotalar
• Nomlanishi
Hammamiz gazlangan ichimliklarning
yoqimli nordon
ta’mini bilamiz. Buning sababi gazlangan suv tarkibiga kiru-
vchi moddalarning nordon ta’midir. Bu moddalar kislotalar
deb ataladigan moddalar sinfi ga kiradi.
Kislotalar dori-darmonlar ishlab chiqarishdan oziq-ovqat
tayyorlashga qadar inson hayotining ko‘p
sohalarida yordam
beradi.
Kislotalarning umumiy for-
mulasi:
H
X
K, bunda K – kislota
qoldi g‘i; H – vodorod atom-
lari; x – vodorod atomlarin-
ing soni bo‘lib,
bu son kislota
qoldig‘ining valentligiga teng.
Meva, sabzavot, ba’zi o‘simlik va hayvonlardan olin-
gan moddalar o‘ziga xos ta’m va xushbo‘ylikni beru-
vchi moddalarni o‘z ichiga oladi. Tabiiy kislo talarning
ko‘pchiligi turli
mevalarda, shuning
dek, sabzavotlar,
barglar va o‘simliklarning boshqa qismlarida, kefi rda
mavjud. Tabiiy kislotalar organik kislotalar ham deyila-
di. Masalan: sirka, qahrabo, chumoli, valerian, askorbin,
moy, salitsil kislotalar...
Tabiatda ko‘plab organik kislotalar mavjud.
Ular ar-
cha mevalari, malina, qichitqi o‘t barglari, olma, uzum,
otquloq, pishloq va mollyuskalarda mavjud.