|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 115/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022Antropogen omillar
Antropogen chiqindilar natijasida havoga 60–65% dan ortiq (65–75 mln. t) oltingu gurt
hosilalari, 37–50% (57 mln. t) azotli birikmalar va 100% uchuvchi organik birikmalar ajra-
ladi. Ular:
– sanoat korxonalarining chiqindilari;
– avtomobillardan ajraladigan gazlar;
– energetika korxonalari;
– qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan o‘g‘itlar va pestitsidlar.
Kislota yomg‘irining tarkibi
Kislota yomg‘irining asosiy element-
lari sulfi t, nitrit, sulfat, nitrat kislotalar va
moma qaldiroq paytida paydo bo‘ladigan
ozondir. Odatda xlor, metan va uchuvchi
orga nik birikmalar zaharli yog‘ingarchili-
kning sababi bo‘ladi. Tarkibi ma’lum bir
hududdagi havoni ifl oslantiradigan zararli
chiqindilarga bog‘liq.
Kislotali yomg‘irlar qanchalik xavfl i?
Ular o‘simliklar, hayvonlarning shikast-
lanishiga yoki nobud bo‘lishiga olib keladi,
tuproq va havoni toksinlar bilan to‘ydiradi,
natijada minerallar, ozuqaviy birikmalar yo‘q
qilinadi, suv ichish va yashash uchun ya-
roqsiz holga keladi. Ta’sirlangan ekotizim-
ning tiklanishi uzoq vaqt talab etadi. Zahar-
langan joylarni tozalash uchun o‘nlab yillar
kerak bo‘ladi.
Asosiy tushunchalar
Kislota yomg‘irining asosiy
sababi – sayyoramizning
havo qobig‘ida to‘plangan
azot (IV) – oksidi NO
2
va
oltingugurt (IV)-oksidi SO
2
.
Antropogen omillar –
kislota yomg‘irlarining
inson faoliyati bilan bog‘liq
ifl oslanish tufayli yuzaga
kelishi.
Toza yomg‘ir рН = 5,6
CO
2
+ H
2
O→ H
2
CO
3
Kislotali yomg‘ir рН = 3–5
4NO
2
+ 2H
2
O + O
2
→
4HNO
3
SO
3
+ H
2
O → H
2
SO
4
Qayd etilgan maksimal
kislotali yomg‘ir рН = 2,3.
|
| |