130
VI BOB
SUV
NIMA HAQIDA?
Suvning tarkibi.
Suvning kimyoviy formulasi, xossalari.
Suvning tabiatda tarqalishi, agregat holatlari,
suvning tabiatda
aylanishi. Tabiat va inson hayotidagi o‘rni.
Asoslar. Ishqorlarni kislotalarga ta’siri.
Neytrallanish reaksi-
yalari. Indikatorlar yordamida eritma muhitini aniqlash. Suvni
ifl oslanishi va uni tozalash usullari.
NIMANI O’RGANASIZ
Suvning tarkibi, suvni sifat va miqdor tarkibini aniqlash usul-
lari,
suvning tabiatda tarqalishi, agregat holatlari, suvning tabi-
atda aylanishi. Tabiat va inson hayotidagi o‘rni.
Suvning oksidlar bilan o‘zaro ta’siri, hosil bo‘lgan eritmalarda
indikatorlar rangini o‘zgarishi.
Suvning fi zikaviy va kimyoviy xossalari. Asoslar. Ishqorlarni
kislotalarga ta’siri. Neytrallanish reaksiyalari. Indikatorlar yor-
damida eritma muhitini aniqlash. Suvni ifl oslanishi va uni to-
zalash usullari. Suvning ifl oslanishi, suvni tozalash usullari ha-
qida taklifl ar loyihasini tayyorlash.
Ishqorlar. Ishqorlarni kislotalarga ta’siri. Neytrallanish reaksi-
yalari. Indikatorlar yordamida eritma muhitini aniqlash. Masala
va mashqlar yechish.
131
VI BOB. 1-MAVZU.
Suvning tarkibi
O‘rganiladigan natijalar
• Suvning kimyoviy formulasi
• Suvning tarkibi
Sayyoramizning turli qismlari turli moddalar bilan to‘la.
Ulardan qaysi biri Yer yuzida eng muhimi ekanini aytish mumkinmi?
Albatta, ularning birortasisiz hayotimizni tasavvur
qilish qiyin, ammo
baribir bu savolga aniq javob bor. Bu –
suv.
Hozirgacha hayot mavjutligi aniqlangan yagona sayyora Yeri mizning
o‘ziga xosligi unda ajoyib birikma – suv mavjudligi bilan bevosita
bog‘liq. Olimlar suvning Yer sharida paydo bo‘lishi sayyoraning shakl-
lanishi bilan deyarli parallel ravishda sodir bo‘lganini aniqladilar. Hech
shubha yo‘qki, hayot aynan suvda paydo bo‘lgan.
Suv hamma joyga kirib borgan ajoyib moddadir:
Yer
yuzasining ham, inson tanasining ham 70% dan or-
tig‘i suv dan ibo rat. Okeanlar,
dengizlar, daryolar, buloqlar,
suv yerosti bo‘shliqlari va yoriqlarini to‘ldiradi,
tuproqqa
singa di. Tuman va bulutlar ham suvdir. Hatto toshda ham
mikroskopik miqdordagi suvni topish mumkin.