7 sinf ximiya indd




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/157
Sana01.02.2024
Hajmi66,04 Mb.
#150134
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157
Bog'liq
7-sinf KIMYO 2022

Suvning kimyoviy tarkibi suvdagi turli xil kimyoviy va fi zik hola-
tlardagi moddalarning yig‘indisidir. Suvning kimyoviy formulasi H
2
O. 
Biroq XVIII asr oxirigacha suvning bo‘linmas modda ekaniga isho-
nishgan. 1781-yilda ingliz olimi Genri Kavendish suvning ikki element-
dan iboratligini isbotladi, keyinchalik fransuz olimi Antuan Lavuazye 
bu elementlarni kislorod va vodorod deb ataydi. 
Suvning g‘ayrioddiy xususiyatlarining aksariyati uning molekulasi
tuzilishi, uni tashkil etuvchi atomlarning fi zik tabiati va molekulalarning 
joylashuvi bilan belgilanadi. 
Suv molekulasi teng yonli uchburchakka o‘xshaydi, uning negizida 
vodorod atomining yadrolari, tepasida esa kislorod atomining yadrosi 
joylashgan. Shuning uchun suv molekulasi sezilarli qutblanish bilan 
tavsifl anadi: unda manfi y va musbat zaryadlar ajratiladi. Natijada suv 
molekulalari birlasha oladi, ya’ni klasterlar deb ataladigan guruhlarni 
hosil qiladi.
Suvning nisbiy molekulyar massasi uni tashkil etgan vodorod va 
kislorod atomlarining nisbiy atom massalari yig‘indisidan iborat:
Mr (H
2
O)=2×1+1×16=18.
Demak, 1 mol suvning massasi 18 g ga, suvning molyar massasi 
esa 18 g/mol ga teng.
2H
2
O
2
2H
2
O
Suv molekulasi tarkibida vodorod va kislirodning massa ulushini hisoblaymiz.
n (H) = Ar (H) / Mr (H
2
O) = 2 / 18 = 0,1111
n (O) = Ar ((O) / Mr (H
2
O) =16 / 18 = 0,8888
Agar bu sonlarni foizlarda hisoblasak, H – 11,11% O – 88,89% ni tashkil etadi.
Bilasizmi?
Bir tomchi suv 
tarkibida 33 trillion 
dona molekula 
bo‘ladi
Inson koʻz yoshi tarkibi 99 % suv (H
2
O), 
0,8% osh tuzi (NaCl), 0,1% natriy 
karbonat (Na
2
CO
2
) va
0,1% oqsillardan iborat.
Bir stakan suvda 8 000 000 
000 000 000 000 000 000
(8 septillion) molekula 
bo‘ladi.
Topshiriq
Rangli qog‘ozlardan foydalanib, suvning hosil bo‘lish modelini yasang, izohlang. Suvning sifat 
hamda miqdor tarkibini tushuntiring.
1. Suvning yashash joyi sifatidagi afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qiling.
2. Ushbu xususiyatlardan biri haqida ilmiy-ommabop nashrga qisqa maqola yozing.


133

Download 66,04 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   157




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish