|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 120/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022VI BOB. 2-MAVZU.
Suvning agregat holatlari va tabiatda
aylanishi
O‘rganiladigan natijalar
• Suvning agregat holatlari
• Suvning tabiatda aylanishi
Stakanga
ichimlikquyib, salqin
bo‘lsin deb unga muz
qo‘shasiz.
Uni ichib bo‘lib,
stakanni suv bilan
yuvasiz, to‘g‘rimi?
Stakan yanada toza bo‘lishi uchun
choynakdan chiqayotgan bug‘ ustiga
qo‘yishingiz mumkin. Shunda idish
yarqirab, shaff of bo‘ladi.
Bu jarayonda suv uch marta ishlatildi, lekin turli agregat
holatlarda. Keling, ularni aniqroq ko‘rib chiqaylik.
Tabiatda suvning doimiy aylanish hodisasi mavjud bo‘lib, u doimo bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tadi.
Shartli ravishda suvning 3 holati mavjud:
qattiq, suyuq, gazsimon.
Suvning qattiq holatiga muz, qor, qirov kiradi. Suyuq holati suv, shudring, tuman,
yomg‘irdir. Gaz holati esa bug‘dir. Shuni ta’kidlash kerakki, bulutlar suvning gaz holati
emas, balki suv bug‘ining kondensatsiyasi natijasidir.
Suv o‘zining tarkibi va xususiyatlariga ko‘ra noyobdir va uning agregat holatini o‘zgarti-
rish qobiliyati sayyoramizning hayotiy gidrologik aylanishini ta’minlaydi. Uch so‘z bilan suv
aylanishini quyidagicha ta’rifl ash mumkin: yog‘ingarchilik, bug‘lanish, kondensatsiya. Suv-
ning bir agregat holatidan ikkinchisiga o‘tishiga sabab bo‘ladigan 6 ta jarayon mavjud.
Suvning agregat holatlari
Asosiy tushunchalar
Kondensatsiya – bug‘ning suyuq
holatga o‘tish jarayoni.
Kristallanish – suvning suyuq
holatdan qattiq (muz) holatga o‘tish
jarayoni.
Erish – qattiq holatdan (muz)
suyuq holatga o‘tish jarayoni.
Sublimatsiya – suyuq yoki qat-
tiq holatdan bug‘ holatiga (suvning
muzdan bug‘ga) o‘tish jarayoni.
Desublimatsiya – sublimatsiya-
ga teskari jarayon (bug‘dan muzga
o‘tish). Masalan, tabiatda qirov hosil
bo‘lishi.
Bug‘lanish – suvning suyuq holat-
dan bug‘ holatiga o‘tish jarayoni.
|
| |