141
Ko‘pincha indikatorlarning suvli yoki spirtli eritmalar shakli qo‘llanadi. Odatda indikator
eritmasi singdirilgan oddiy qog‘oz – indikator qog‘ozidan foydalanish qulayroq.
Lakmusning kislota va asoslardagi rangi Indikator qog‘ozi
Topshiriqlar
1. Gazsimon oksid suv bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘lgan modda eritmasi lakmusni qizil
rangga o‘zgartiradi. Bu qanday gaz bo‘lishi mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Reaksiya tenglamalari sxemalarini to‘ldiring va reaktsiya mahsulotlarini nomlang:
A. Lі
2
O + Н
2
O —> ......;
B. P
2
O
5
+ H
2
O → .....
V. ... + H2O → Ba(OH)
2
3. Quyidagi moddardan qaysi biri suv bilan o‘zaro ta’sir qiladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini
yozing.
Na
2
O, CO
2
, SO
3
, CrO, SiO
2
.
4. 3,9 gr kaliy metalini suv bilan to’liq reaksiyaga kirishishi natijasida qancha KOH
va necha mol
vodorod hosil bo’ladi?
5. 14,8 kg Ca(OH)
2
hosil qilish uchun qancha suv va so’ndirilmagan ohak (CaO) kerak?
142
VI BOB. 6-MAVZU.
Neytrallanish reaksiyalari
O‘rganiladigan natijalar
• Asos
• Kislota
• Neytrallanish reaksiyasi
Agar teng miqdorda xlorid kislotasi va natriy gidroksidni aralashtirsangiz, u
holda
muhit neytral bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi, ya’ni unda kislota ham, ishqor ham bo‘lmaydi.
Reaksiya natijasi tenglamasini yozamiz.
1 mol vodorod xlorid (HCl) va 1 mol natriy gidroksid (NaOH) reaksiyaga kirishganda,
1 mol natriy xlorid (NaCl) va 1 mol suv (H
2
O) hosil bo‘ladi. E’tibor bering,
bu reaksiya
jarayonida ikkita murakkab modda o‘z tarkibiy qismlarini almashtiradi va ikkita yangi
murakkab modda hosil bo‘ladi:
HCl + NaOH → NaCl + H
2
O
Ikki murakkab modda tarkibiy qismlarini almashadigan reaksiyalar
almashinish
reaksiyalari deyiladi.
Almashuv reaksiyasining alohida, biz ko‘rgan holati neytrallanish reaksiyasidir.
Neytrallanish reaksiyasi – kislota va asosning o‘zaro ta’siri.
Neytrallanish reaksiya sxemasi: KISLOTA + ASOS = TUZ + SUV
Xlorid kislota va natriy asosining ta’sirlashishidan oldin ularni lakmus qog‘ozi
bilan
tekshirish mumkin:
Xlorid kislotasi mavjudligida lakmus qizil tusga kiradi.
Natriy gidroksidi eritmasida – ko‘k tusga kiradi.
Xlorid kislota va natriy gidroksiddan hosil bo‘lgan moddaga botirsangiz, u
binafsha
tusga kiradi, neytral reaksiya ko‘rsatadi.
Olingan eritma qizdirilsa, suv asta-sekin bug‘lanadi. Kolbada osh tuzi (natriy xlorid)ning
cho‘kmasi qoladi.