|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 125/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022VI BOB. 4-MAVZU.
Suvning kimyoviy xossalari
O‘rganiladigan natijalar
• Asoslar
• Kislotalar
Keling, suv ishtirok etuvchi biladigan barcha reaksiyalarimizni eslaylik. Buning uchun
ilgari duch kelgan reaksiya tenglamalarini yozamiz va ularni sistemaga keltiramiz. Bundan
ma’lum bo‘ladiki, suv juda faol kimyoviy moddadir.
1. Suv ko‘plab metallar bilan reaksiyaga kirishib, asos hosil qiladi va vodorod ajralib
chiqadi:
a) 2Na + 2H
2
O = 2NaOH+ H
2
↑ (shiddatli)
2K + 2H
2
O = 2KOH+ H
2
↑ (shiddatli)
Faol metallar: Li, Na, K, Rb, Cs, Fr, Ca, Sr, Ba, Ra
Asosiy tushunchalar:
Asoslar (gidroksidlar) –
molekulalarida metall
atomlari va bir yoki bir
nechta OH gidroksil
guruhi bo‘lgan murakkab
moddalar.
Kislotalar – vodorod
atomlari hamda kislota
qoldig‘idan iborat bo‘lgan
murakkab moddalar.
b) Magniy issiq suv bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan
asos hosil qiladi:
Mg + 2H
2
O = Mg(OH)
2
+ H
2
3Fe + 4H
2
O = Fe
3
O
4
+ 4H
2
↑(faqat qizdirilganda)
Ni + H
2
O = NiO + H
2
c) Berilliy suv bilan amfoter oksid hosil qiladi:
Be + H
2
O = BeO + H
2
2. Metallmaslar orasida, masalan, uglerod va uning vodo-
rod birikmasi (metan) suv bilan reaksiyaga kirishadi. Ush-
bu moddalar metallarga qaraganda ancha kam faol, ammo
yuqori haroratlarda suv bilan reaksiyaga kirisha oladi:
C + H
2
O = H
2
+ CO (kuchli qizdirilganda)
CH
4
+ 2H
2
O = 4H
2
+ CO
2
(kuchli qizdirilganda)
3. Suv ko‘plab metallmaslar oksidlari bilan reaksiyaga kiri-
shadi va kislotalat hosil qiladi:
SO
2
+ H
2
O= H
2
SO
3
SO
3
+ H
2
O= H
2
SO
4
CO
2
+ H
2
O= H
2
CO
3
4. Ba’zi metall oksidlari ham suv bilan reaksiyaga kirishib,
asos hosil qiladi:
Na
2
O + H
2
O=2NaOH
CaO + H
2
O= Ca(OH)
2
Hamma metall oksidlari ham suv bilan reaksiyaga kirisha olmaydi.
Ulardan ba’zilari suvda amalda erimaydi va shuning uchun suv bilan reaksiyaga kirish-
maydi. Bular ZnO, TiO
2
, Cr
2
O
3
bo‘lib, ulardan, masalan, suvga chidamli bo‘yoqlar tayyorla-
nadi. Temir oksidlari ham suvda erimaydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi.
|
| |