|
Suv holatlarining o‘zgarishi Pdf ko'rish
|
bet | 121/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022Suv holatlarining o‘zgarishi
Ichimlik suvi harorat o‘zgarganda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi. Chegara shartlari
760 mm simob (101,325 Pa) atmosfera bosimida 0°C va 100°C. Suv harorati 0°C va undan
pastroqqa tushganda suv muz holatiga, 100°C dan yuqori bo‘lganda esa bug‘ga aylanadi.
Suvning qaynash va muzlash nuqtasini aniqlashda atmosfera bosimini hisobga olish
juda muhim – shuning uchun past bosim sharoitida (baland tog‘larda) qaynash nuqtasi
pasayadi. Muz holatidagi suv suyuqlik holatiga qaraganda kattaroq hajmga ega ekanini bi-
lish ham muhim hisoblanadi.
Tabiatdagi suv aylanishi – Yer gidrosferasidagi suvning uzluksiz siklik harakatidir. Bu
harakat paytida suv bir agregat holatidan ikkinchisiga o‘tadi. Suv aylanishining energiya
donori Quyosh, asosiy akseptor – “yutuvchi”si – energiya qabul qiluvchi va atmosferaga
suv bug‘ini yetkazib beruvchi esa dunyo okeani hisoblanadi.
Suv aylanishi gidrologik sikl deb ham ataladi. Gidrologik aylanish dunyoning deyarli
barcha burchaklarida suv mavjudligini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, tabiatdagi suv
aylanishini (gidrologik siklni) quyidagicha ta’rifl ash mumkin. Suyuq holatda bo‘lgan suv
bug‘lanadi, atmosferaga ko‘tariladi va u yerda kondensatsiyalanadi, bulutlar hosil qiladi va
keyin yana suyuqlik: yomg‘ir, shudring ... shaklida yoki oraliq qattiq holatlar orqali – qor, do‘l
holida yerga qaytadi. Suv atmosferada 8-9 kun qoladi.
Suvning tabiiy sharoitda uchta holatda – qattiq, suyuq va bug‘ holatida bo‘lish xususi-
yati tabiatda suv aylanishi mavjudligining asosiy omillaridan biridir.
Uch litrli bankaga (taxminan 2,5 cm)
issiq suv quying. Metall patnisga bir ne-
chta muz bo‘lakchalarini qo‘ying va uni idishning
ustiga joylashtiring. Banka ichidagi havo ko‘tarilib,
soviydi. Undagi suv bug‘i kondensatsiyalanib bulutni
hosil qiladi. Bu tajriba iliq havo soviganida bulutlarn-
ing paydo bo‘lishini va yomg‘irning bulutlardan qan-
day tarzda tushishini namoyish etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlaymizki, inson o‘zin-
ing iqtisodiy faoliyati natijasida suvning bir qismini
sikldan tortib oladi, bu uning tabiiy oqimini o‘zgarti-
radi. Bu butun siklga tuzatib bo‘lmaydigan zarar
yetkazishi va uni buzishi mumkin. Ko‘p yillik izlan-
ishlar natijasida olimlar oxirgi paytlarda suv aylani-
shi sezilarli darajada tezlasha boshlagan degan xu-
losaga kelishdi. Bu butun dunyodagi iqlimga salbiy
ta’sir qiladi. Issiq hududlar yanada issiq va quruqroq
bo‘ladi, yomg‘irli hududlarda esa ko‘proq yog‘ingar-
chilik kuzatiladi. Buni unutmaslik, suv resurslaridan
oqilona foydalanish zarur.
|
| |