136
4-tajriba. Suv –
tabiiy erituvchi
Zarur jihoz va moddalar: 3 ta stakan, shisha tayoqcha,
distillangan suv,
osh tuzi, qum, shakar.
Ishning borish tartibi:
1. Stakanlarga suv quying, 1-stakanga shakar, 2-stakan-
ga osh tuzi, 3-stakanga qum solib, shisha tayoqcha yorda-
mida aralashtiring.
2. O‘zgarishlarni kuzating va taqqoslang.
3. Stakanga 3–4 bo‘lak muz solinadi. Muzning
shakli
qan day? 5 daqiqadan keyin muz qanday holatda bo‘ladi?
Xulosa: toza suv shaff of, rangsiz, hidsiz suyuq modda.
Suvga rang va hidni unda erigan moddalar beradi. Ba’zi
moddalar suvda yaxshi eriydi, osh tuzi, shakar, ba’zi modda-
lar esa erimayd: qum.
Zarur jihoz va moddalar: har xil hajmdagi stakanlar,
chinni kosacha, spirt lampasi, shtativ, muz, suv.
Ishning borish tartibi:
1. Suv 100 ml li stakanga quyiladi. So‘ngra 100 ml
idish-
dagi suvni 50 ml li stakanga quyiladi. Nima kuzatiladi? Suv-
ning shakli bormi?
2. Shtativga chinni kosachani qo‘yib, unga 50 ml suv
quyiladi. Spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Nima kuzatila-
di?
Suv
xona haroratida suyuq, 100°C dan yuqori bo‘lganda gaz (bug‘) holatida, harorat
0°C dan quyi haroratda qattiq (muz) holatda bo‘ladi. Muz xona haroratida eriydi.