|
7 sinf ximiya indd Pdf ko'rish
|
bet | 127/157 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 66,04 Mb. | | #150134 |
Bog'liq 7-sinf KIMYO 2022VI BOB. 5-MAVZU.
Amaliy mashg‘ulot.
Suvning oksidlar bilan o‘zaro ta’siri
O‘rganiladigan natijalar
• Asos
• Kislota
• Indikator
Qurilishdagi ba’zi ishlarda, shaxsiy hovlida, mak-
tabda daraxtlarni oqlash uchun ohak (kalsiy oksidi
CaO) suv bilan aralashtiriladi. Bunday holatda kimyo-
viy reaksiya yuzaga keladi va so‘ndirilgan ohak hosil
bo‘ladi.
Kimyoviy tenglamasi:
СаО + Н
2
О = Са(ОН)
2
Bu reaksiyada issiqlik ajraladi, asos hosil bo‘ladi.
Birikish reaksiyasi sodir bo‘ladi.
Jihozlar: probirkalar va shtativ.
Reaktivlar: metall oksidlari, metallmas oksidlar, suv, fenol-
ftalein yoki lakmus.
Xavfsizlik qoidalari:
• tajribada oz miqdorda reaktivlardan foydalanish;
• reagentlarning kiyim, teri va ko‘zlarga tegishidan saqla-
nish.
1. Probirkaga oz miqdorda kalsiy oksidi CaO soling, ustiga
sekin suv quying. Oq rangli eritma hosil bo‘ladi.
2. Metallmas oksidning suvdagi eritmasi sifatida mineral
suv ni olish tavsiya etiladi, chunki metallmaslarning ko‘pchiligi-
ning oksidlari gazsimon moddalar (CO
2
, NO
2
, SO
3
), qattiq
(P
2
O
5
) va suyuq (Cl
2
O
7
, Mn
2
O
7
) holatdagilari esa zaharli.
3. 3-probirkaga distillangan suv quying.
4. Suv, kislota eritmasi va asos eritmasi solingan uchta probirkaga 1–2 tomchidan
fenolftalein yoki lakmus eritmasidan tomizing. Indikatorlarning ta’sirida hosil bo‘lgan
ranglarni solishtiring.
5. Natijalarni va kimyoviy reaksiya tenglamalarini daftarga yozing.
Eritmalarda kislota va asoslarni aniqlash
Aksariyat oksidlar va ularga mos keladigan gidratlar rangsiz birikmalardir, shuning
uchun ularning mavjudligini aniqlash yoki kislotalar va asoslarni “tashqi yordam”siz farqlash
mumkin emas. Eritmalardagi kislotalar va asoslarni aniqlash uchun indikatorlar – eritmada
kislota yoki asos mavjudligiga qarab rangini o‘zgartiradigan murakkab organik birikmalar
qo‘llaniladi. Eng ko‘p ishlatiladigan indikatorlar va ularning kislota va asoslardagi rangi jad-
valda keltirilgan.
|
| |