• VII BOB. 1-MAVZU. Tirik organizmlardagi kimyoviy elementlar va ularning ahamiyati O‘rganiladigan natijalar •
  • Molekulyar tarkibi
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    VII BOB
    INSON 
    ORGANIZMIDAGI 
    KIMYOVIY 
    ELEMENTLAR VA 
    BIRIKMALAR
    NIMA HAQIDA?
    Tirik organizmlardagi kimyoviy elementlar. Oqsillar. Yog‘lar. 
    Uglevodlar. Vitamin va minerallar
    NIMANI O‘RGANASIZ
    Inson organizmidagi kimyoviy elementlar haqida tushuncha. 
    Oqsillar haqida dastlabki tushunchalar. Yog‘larning inson 
    hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar. Uglevodlar. Mikro- 
    va makroelementlarning inson organizmidagi ahamiyati 


    151
    VII BOB. 1-MAVZU.
    Tirik organizmlardagi kimyoviy 
    elementlar va ularning ahamiyati
    O‘rganiladigan natijalar
    • Biogen elementlar
    • Organik moddalar
    • Noorganik moddalar
    Savol qaysi obyekt haqida berilgan?
    43 kg kislorod,
    18 kg uglerod,
    7 kg vodorod,
    1,8 kg azot,
    0,780 kg fosfor,
    0,0042 kg temir
    va 20 ga yaqin boshqa kimyoviy ele-
    mentlar.
    Yer qobig‘ida kislorod, kremniy, alyu-
    miniy va temir ustunlik qiladi. Tirik organ-
    izmlar 4 ta elementga asoslanadi: kislorod, 
    uglerod, vodorod, azot. Tirik organizmlarda 
    ustun bo‘lgan kisloroddan tashqari barcha 
    elementlar yer qobig‘i massasining arzimas 
    qismini tashkil qiladi.
    Molekulyar tarkibi
    Kimyoviy elementlar noorganik va or-
    ganik moddalarning ionlari va molekulalari 
    ko‘rinishida hujayralarning tarkibida bo‘ ladi. 
    Hujayradagi eng muhim noorganik modda-
    lar suv va mineral tuzlar, eng muhim organ-
    ik moddalar uglevodlar, lipidlar, oqsillar va 
    nuklein kislotalardir.
    Tirik organizmlarda uchraydigan aso-
    siy kimyoviy elementlar:
    uglerod – C, vodorod – H, kislorod – 
    O, azot – N, fosfor – P, oltingugurt – S, 
    natriy – Na, kaliy – K, kalsiy – Ca, mag-
    niy – Mg, temir – Fe, xlor – Cl.
    Birinchi 4 ta element: uglerod, vodo-
    rod, kislorod va azot har qanday orga-
    nizm massasining 96,3% ini tashkil qiladi.
    Tirik organizmlarning bir qismi bo‘lgan 
    va bir vaqtning o‘zida biologik funksiyalarni 
    bajaradigan kimyoviy elementlar biogen ele-
    mentlar deyiladi. Hatto ularning hujay ralarida 
    kam miqdorda bo‘lganlari ham boshqa hech 
    narsa bilan almashtirilmaydi va hayot uchun 
    mutlaqo zarurdir. Asosan, bu makro- va 
    mikroelementlar.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish