153
VII BOB. 2-MAVZU.
Oqsillar. Yog‘lar. Uglevodlar
O‘rganiladigan natijalar
• Oqsillar
• Yog‘larning inson hayotidagi
ahamiyati
• Uglevodlar
Oqsil kabi ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa modda yo‘q. Agar hujayra biron-bir
ishni bajarishi kerak bo‘lsa, u deyarli har doim ma’lum bir proteinga “murojaat” qiladi. Hayot
minglab oqsillarga bog‘liq bo‘lib, ularning molekulalari boshqa molekulalarni ajoyib
aniqlik
bilan taniydi va o‘zaro “muloqot” qiladi.
Oqsillar o‘simlik va hayvon organizmlarining aso siy
tarkibiy qismi bo‘lib, hayotiy jarayonlarda ishtirok etuv-
chi eng muhim murakkab tuzilishli birikmalardir. Insonlar
oqsillarni asosan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol
qilish
orqali qabul qiladi. Siz go‘sht va go‘sht mahsulotlari, tu-
xum, loviya, mosh, no‘xat kabi oziq-ovqat mahsulotlarini
iste’mol qilasiz. Bu mahsulotlar oqsillarning asosiy man-
basidir.
Oqsillar – organizmning qurilish materiali, muskul va
teri qoplamalari.
Oqsillar –
organizmning transporti, o‘pkadan kislorodni
hujayraga olib boradi va u yerda hosil bo‘lgan karbonat
angidridni o‘pkaga olib keladi.
Oqsillar – organizmning himoyachisi. Inson organizmi-
da oqsil yetishmasligi immunitetni kuchsizlantiradi. Nati-
jada inson turli kasalliklarga moyil bo‘lib qoladi, qon hosil
bo‘lishi susayadi, yosh organizmning rivojlanishi sekinla-
shadi. Nerv
sistemasi, jigar va boshqa organlarning faoli-
yati buziladi. Uzoq vaqt davom etgan kasalliklardan so‘ng organizmning qayta tiklanishi
qiyinlashadi.
Organizmda oqsillar yetishmasligi sababli yuzaga keladigan kasalliklarning oldini
olish
va davolash uchun tibbiyot xodimlarining tavsiyasiga asosan oqsil sintezini tezlashtiruvchi
dori-darmonlar qo‘llanadi.
Oqsil molekulasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning minglab turlari mavjud. Oqsil
moddalarni sintez qilish juda ham mushkul. Har bir organizm o‘z
organizmi uchun zarur
bo‘lgan oqsillarni hujayralarida biosintez qilib oladi.
154
Yog‘lar
Ular qayerdan keladi? Nima uchun ular teri ostida to‘planadi
va umuman olganda, nima uchun kerak?
Yog‘lar yuqori bir asosli karbon kislotalar va uch atomli spirt
– glitserindan hosil bo‘lgan murakkab efi rlardir.
Ushbu birikma-
larning umumiy nomi triglitseridlardir. Demak, yog‘lar glitserin va
yog‘ kislotalaridan tashkil topgan organik birikmalardir. Ularning
organizmdagi roli yog‘ kislotalarining kimyoviy tuzilishiga bog‘liq.
Yog‘ kislotalari ikki xil: to‘yingan va to‘yinmagan bo‘ladi.
Yog‘lar ko‘p funksiyalarni bajaradigan ovqatlanishning zarur
tarkibiy qismidir: u bizga energiya beradi, miya faoliyatini rag‘bat-
lantiradi, hujayralar va to‘qimalar uchun qurilish materiali bo‘lib
xizmat qiladi, A, D, E, K vitaminlarini so‘rilishida ishtirok etadi va
moddalar almashinuvini tartibga solishga yordam beradi.