161
Ftor – F suyak to‘qimasi uchun zarur, tish emalini shakllantirishda ishtirok etadi.
Ratsionda yetarli miqdordagi ftor tish kariesining oldini olishga yordam beradi. Ftorid-
ning asosiy manbai ichimlik suvidir. Ftor baliq (ayniqsa, treska), jigar va yong‘oq kabi
oziq-ovqatlarda ham mavjud. Ushbu iz element go‘shtda, turli sabzavotlar va
mevalarda,
jo‘xori unida, shuningdek choyda mavjud.
Ayrim kasalliklarning oldini olish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar
Kasalliklar
Kimyoviy elementlar
Immunitetning
susayishi
Yod, kalsiy, kremniy, magniy, selen, oltingugurt,
fosfor
Ozg‘inlik
Yod, marganes, fosfor
Semizlik
Yod, kalsiy, kremniy, magniy, selen, fosfor
Kamqonlik
Temir, yod, mis
Shabko‘rlik
Kalsiy, rux
Infarkt-miokard
Yod, kalsiy,
magniy
Bo‘qoq
Yod, kalsiy, xrom
Ich
qotishi
Temir, kaliy
Bo‘y o‘smasligi
Yod, kalsiy, kaliy, magniy, selen, xrom, rux
Ekzema
Rux
O‘pka kasalligi
Mis
Xotiraning susayishi
Litiy, yod, kaliy, natriy, rux
Tutqanoq
Kaliy, kalsiy, magniy
Revmatizm
Kaliy, kalsiy, kremniy, rux
Ta’m bilmaslik
Natriy, rux
Saraton (rak)
Yod, kaliy, kremniy, natriy, selen, rux
1. O‘simliklar uchun magniy, insonlar uchun temir elementining ahamiyati nimada deb
o‘ylaysiz?
2. Kalsiy elementini inson va hayvonlar uchun qanday ahamiyati bor?
3. Yangi mevaning bir qismiga qaynoq suv bilan quyildi, ikkinchi qismi esa qaynatildi.
Ikkala holatda ham kompot hosil bo‘ldi. Kompotning qaysi
variantida mineral moddalar
ko‘proq mavjud? Tushuntiring.
4. Bir stakan sutda 288 mg kalsiy mavjud. Organizmni ushbu elementningy yetarli miqdori
bilan ta’minlash uchun kuniga qancha sut ichish kerak?
5. Qanday kimyoviy moddalar minerallar deb ataladi?
6. Minerallarning tirik organizmlar uchun ahamiyati nimada?
7. Tirik organizmlar asosan qanday moddalardan iborat?
8. Tanadagi minerallarning tarkibi qanday?