162
VII BOB. 5-MAVZU.
Olma tarkibini aniqlash
O‘rganiladigan natijalar
• Kislota
borligini aniqlash
• Temirga oid tajriba
• E
vitaminini aniqlash
Olimlari qaysi mahsulotlar organizm uchun eng foydali ekani haqidagi bahsdan to‘xtash-
maydi. Deyarli barcha tadqiqotchilar olma eng foydali mevalardan biri ekanini tan olishadi.
Olma ozuqaviy miqdori bo‘yicha chempion bo‘lmasa ham, yer yuzidagi eng mazali va foy-
dali meva hisoblanadi. U vitamin va mikroelementlar xazinasi.
Organizmni yoshartirib, im-
munitetni kuchaytiradi. Olma tarkibidagi temir kamqonlik davolashda juda qo‘l keladi.
1-tajriba.
Olma kislotasini aniqlash
Zarur jihozlar: probirkalar, pipetka, stakan.
Reaktivlar: universal
indikator, 3 xil olma
1. Har bir olmadan alohida
stakanlarda sharbat tayyor-
lanadi.
2. Universal indikator qog‘oz ustiga olma sharbatlari-
dan tomiziladi.
3. Kuzatishlar asosida xulosa qilinadi.
2-tajriba.
Sinov namunalarida temirni aniqlash
Zarur jihozlar: probirkalar, pipetka, stakan.
Reaktivlar: NaOH
natriy gidroksidi eritmasi, 3 xil nav
olma sharbati.
1. Har bir olma sharbatidan probirkalarga oz miqdorda quyiladi.
2. Namunalarga NaOH natriy gidroksidi eritmasidan tomiziladi.
3. Kuzatishlar asosida xulosa qilinadi.
3-tajriba.
E vitaminini aniqlash
Zarur jihozlar: probirkalar, pipetka, stakan.
Reaktivlar: HNO
3
nitrat
kislota eritmasi, 3 xil olma sharbati.
1. Har bir olma sharbatidan quruq probirkalarga 10 tomchidan quyib olinadi.
2. Namunalarga HNO
3
nitrat kislota eritmasidan 10 tomchidan tomiziladi.
3. Probirkalar silkitiladi.
4. Kuzatishlar asosida xulosa qilinadi.