• Siz yashab turgan hududda qanday qazilma boyliklari bor
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Topshiriqlar


    167
    VIII BOB. 2-MAVZU.
    O‘zbekistondagi foydali qazilmalar 
    va konlar
    O‘rganiladigan natijalar
    • Foydali qazilma koni
    • Foydali qazilmalarning turlari
    • O‘zbekistonning foydali
    qazilmalari
    Siz yashab turgan hududda qanday qazilma boyliklari bor?
    Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boy-
    liklar – yer-osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘sim-
    liklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy resurs 
    (boylik) hisoblanadi. O‘zbekistonning tabiiy resurs-
    lari xilma-xil, yirik bo‘lib, iqtisodiyotni rivojlantirishda 
    katta ahamiyatga ega. 
    Foydali qazilmalar – asosan organik va noor-
    ganik tabiiy minerallar bo‘lib, tabiiy va qayta ishlan-
    gan holda xalq xo‘jaligida ishlatiladigan mahsulot-
    lardir. 
    Foydali qazilmalarning manbasi konlar bo‘lib, ular yerning geologik ta’siri natijasida foy-
    dali qazilmalarning bir joyga to‘planishidan hosil bo‘ladi. 
    Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan foydali qazilmalar, sanoat tarmog‘ida ishlatilishiga qarab 
    3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: rudali, noruda va yonilg‘i. 
    Foydali qazilmalar, mineral xom ashyolar – Yer poʻstida qattiq, suyuq va gazsimon ho-
    latlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida toʻplangan hamda miqdori, sifati, 
    joylashish sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga yaroqli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. 
    Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. 
    O‘zbekiston jahonda 4-o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi. Oltin ishlab chiqarish 
    umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon boshiga ishlab chiqarishda 
    beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 
    tonnadan oshadi. Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming tonna 
    mis qazib olinmoqda.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish