7 sinf ximiya indd




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/157
Sana01.02.2024
Hajmi66,04 Mb.
#150134
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
7-sinf KIMYO 2022

Topshiriq
qimmatli xomashyo hisoblanadi. Gaz qazib olish sanoati joylashgan asosiy rayonlar – Bu-
xoro va Qashqadaryo, shuningdek Farg’ona, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog’is-
ton Respublikasidir.
Ko‘mir -yonuvchi tog‘ jinsi hisoblanib, o‘simlik va hayvon organizmlari qoldiqlarining 
parchalanishidan paydo bo‘ladi. U sertuproq, yaxlit, qat-qat yoki donador teksturaga, bir xil 
yoki har xil strukturaga ega. Rangi jigar rangdan kul rang va qoragacha; yaltiroqligi-(nursiz), 
yaltiroqsiz va metallsimon. Ko‘mir yer sharida eng ko‘p tarqalgan yonuvchi foydali qazil-
madir. O‘zbekiston hududida ko‘mirning to‘rtta koni (Ohangaron Shag‘un, Boysun, Ko‘hi-
tang) ma’lum. Bulardan Ohangaron qo‘ng‘ir ko‘mir koni Toshkent vnloyatidagi Ohangaron 
daryo vodiysining O‘rta oqimida joylashgan bo‘lib, ochiq usulda qazib olinmoqda. Bu ko‘mir 
konining zaxirasi respublikada topilgan barcha ko‘mir zahirasining 96,5 foiznni tashkil qiladi. 
O‘zbekistondagi ikkimchi kon Surxondaryo viloyatining tog‘li qismidagi yuqori sifatli 
Sharg‘un toshko‘mir konidir. O‘zbekiston ko‘mir konlarining umumiy zahirasi 6 mlrd. ton-
nadan ziyoddir.
Foydali qazilmalarning muhim xususiyatlaridan biri – ularning tabiatda nihoyat darajada 
asta-sekinlik bilan hosil bo‘lishidir. Ular ming, yuz ming yillar davomida bunyodga keladi. 
Shuning uchun ham hozirda ularning zaxiralari dunyo bo‘yicha asta-sekin kamayib bor-
moqda.
1. Siz yashayotgan hududda qanday foydali qazilma va konlar bor? Ular haqida nimalarni 
bilasiz?
2. Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing. Foydali qazilmalar va ularning konlari haqidagi 
ma’lumotlar bilan jadvalni to‘ldiring. 
Foydali qazilmalar
Muhim konlari
Noruda foydali qazilmalar
Rudali foydali qazilmalar
Yonuvchi foydali qazilmalar
3. Rudalarning inson uchun ahamiyati nimada ekanligini tushuntiring?
4. Nima uchun ruda qazib olish borgan sari ravishda oshib bormoqda?
5. Foydali qazilmalarni qazib olish atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga bitta misol keltiring. Bu 
muammoni qanday hal qilish mumkin?
6. Qurilishda qanday foydali qazilmalar ishlatiladi?


170

Download 66,04 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish