• Asosiy tushunchalar Foydali qazilma koni
  • Yonuvchi foydali qazilmalar




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Yonuvchi foydali qazilmalar
    Yonuvchi foydali qazilmalar tirik organizmlar 
    va o‘simliklarning hayot faoliyati va qisman chiri-
    shi natijasida hosil bo‘ladi. Bu foydali qazilma-
    lar guruhiga neft, gaz va ko‘mir kiradi. Yonuv chi 
    foydali qazilmalar yoqilg‘i energetika bazasi ning 
    asosini tashkil etadi va muhim xalq xo‘jaligi 
    ahamiyatiga ega. Kimyo, metallurgiya, energet-
    ika sohalari uchun asosiy xomashyo hisoblana-
    di va bu sohalar yonuvchi foydali qazilmalarsiz 
    faoliyat ko‘rsata olmaydi. Butun dunyoda qazib 
    olinadigan foydali qazilmalarning 85% yonuvchi 
    foydali qazilmalarga to‘g‘ri keladi. Neft va gaz 
    konlari Farg‘ona botig‘idagi Shimoliy Sox, Ja-
    nubiy Alamushik, Polvontosh, Chimyon, Sho‘rsu va boshqa joylarda topilgan. 
    Neft dunyoda eng muhim energiya manbai hisoblanadi va jahon energiya iste’molida 
    uning ulushi 33,1%ni tashkil qiladi. U yuqori energiya sig‘imdorligi va tashish uchun qulay-
    ligi, amalda hech qanaqa almashtirib bо‘lmaydigan energiya resursidir. Neft sanoatning va 
    transport tizimining rivojlanishida hamda davlatlarning о‘rnini belgilashda asosiy kо‘rsatgich 
    hisoblanadi.
    Tabiiy gaz yer qobig‘ining chuqur qatlamlaridan olinadigan mineraldir. Tabiiy gazdan is-
    siqlik berish xususiyati yuqori bo’lgan (1 m
    3
    gaz yoqilganda 54 400 kJ gacha issiqlik chiqa-
    di) arzon yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Bu turmush va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladigan 
    yoqilg‘ilarning eng yaxshi turlaridan biridir. Bundan tashqari, tabiiy gaz kimyo sanoati uchun 
    Asosiy tushunchalar 
    Foydali qazilma koni – ma’lum bir iqtisodiy sharoitda qazib olish foydali bo‘lgan bir yoki 
    bir necha ma’dan to‘plami.
    Foydali qazilma iqtisodiyotda foydalanish uchun son va sifat jihatdan yaroqli bo‘lgan tabiiy 
    mineral modda. 
    Qazib olingan foydali qazilmalar 
    mineral xomashyo deb ataladi.


    169

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish