171
Natijada, konga tutash hududlarda qulashlar, ko‘ch-
kilar va yoriqlar ehtimoli ortadi. Antropogen ta’sir
tufayli
yangi relyef shakllari hosil bo‘ladi: chiqindixonalar, ter-
rikonlar, jarliklar. Bunday atipik shakllar katta, balandligi
300 m ga, uzunligi esa 50 km ga yetadi.
Qayta ish-
langan xomashyo chiqindilaridan tepaliklar hosil bo‘ladi,
ularda daraxt va o‘simliklar o‘smaydi – konlar atrofi ya-
roqsiz hududga aylanadi.
Galit qazib olishda, xomashyoni boyitish jarayoni-
da galit chiqindilari hosil bo‘ladi (bir
tonna tuz uchun
3–4 tonna chiqindi), ular qattiq va erimaydigan bo‘lib,
yomg‘ir suvi ularni daryolarga o‘tkazadi, bu suv yaqin
hududlar aholisi ichimlik suvi havzalariga tushadi.
Boʻshliqlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq ekologik
muammolarni yer qobigʻidagi
qazib olish natijasi-
da hosil boʻlgan jarlik va chuqurchalarni chiqindilar
va qayta ishlangan xomashyo bilan toʻldirish orqali
hal qilish mumkin. Shuningdek, chiqindi jinslarni
qazishni kamaytirish uchun tog‘-kon texnologiyas-
ini
takomillashtirish kerak, bu chiqindilar miqdorini
se zilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Siz jarliklar, chiqindixonlar hosil bo‘lishining oldini olish yoki kamaytirish uchun
qanday usulni taklif etasiz?
Atmosferaga ta’siri
Foydali qazilmalarni qazib olish atmosferada katta
ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Qazib
olingan
rudalarni birlamchi qayta ishlash jarayonlari natijasida
havoga katta hajmda metan, og‘ir metallar, oltingugurt,
uglerod oksidlari chiqariladi. Atmosferaning
bunday if-
loslanishi radiatsiya darajasining oshishiga, harorat
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga va yog‘ingarchilikning
ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi.