• Noruda foydali qazilmalar Marmar.
  • Rudali foydali qazilmalar




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Rudali foydali qazilmalar
    O‘zbekiston hududida bir necha rudali (temir, titan, 
    marganes, xrom), rangli (mis, qo‘rg‘oshin), nodir (volf-
    ram, molibden, qalay, vismut, simob, surma), qimmat-
    baho (oltin, kumush) metall konlari ham bor. Bulardan 
    eng asosiylari Toshkent viloyatidagi Qalmoqqir, Sari-
    qcheku hamda Dalnoye mis konlaridir. Qizilqumdagi 
    Muruntog‘, Kakpatas va boshqa yerlarda oltinning katta 
    zaxirasi ochilgan bo‘lib, uzoq yillardan buyon keng doi-
    rada qazib olinmoqda.
    Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar 
    (oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, simob 
    va boshqalar) konlari, Qoramozor mis-qo‘rg‘oshin-rux 
    koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka
    Qo‘ytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, 
    Marjonbuloq, Kauldi, Ko’kratos, Qizilolmalisoy oltin, 
    Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan qo‘rg‘oshin-rux, Qalmoqqir 
    mis konlari va boshqalar topilgan.


    168
    Noruda foydali qazilmalar
    Marmar. O‘zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. 
    Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi 
    eng yirik konlar hisoblanadi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar 
    bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan.
    Fosforit. O‘zbekistonda topilgan Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zahirasi taxminan 
    100 mln. tonnaga teng. Markaziy Qizilqumning Qoraxat va Shimoliy Jetitov fosforit 
    konlarida juda katta miqdorda xom ashyo mavjudligi aniqlandi. Bu zahiralarining xo‘jalik 
    oborotiga jalb qilinishi respublikada juda ko‘p miqdorda fosfat o‘gitlari ishlab chiqarish 
    imkonini beradi. Keyingi paytlarda Toshkent viloyatining Qayrag‘ochsoy hududida topilgan 
    barit koni ham diqqatga sazovor. Bu konning o‘zlashtirilishi chuqur quduqlarni parmalashda 
    foydalaniladigan va hozirgacha chetdan sotib olinayotgan baritni o‘zimizdan olib ishlatish 
    imkoniyatini beradi
    Tosh tuzi. O‘zbekistonda 5 ta yirik tuz konlari mavjud: Xo‘jaikon, Tubakat, Borsakel-
    mas, Boybichakon va Oqqala konlari bo‘lib, ulardagi tuzning umumiy zaxirasi taxminan 
    90 mlrd. t ga teng. Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat va Surxondaryo viloyatidagi Xo‘jai-
    kon konida respublikamiz hayoti uchun hali 100 yildan ko‘pga yetadigan osh tuzi mavjud. 
    Qo‘ng‘irot soda zavodi Borsakelmas konining tuzlarini kimyoviy usulda qayta ishlab, kalsiy 
    va kaustik soda ishlab chiqarmoqda.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish