• NIMANI O‘RGANASIZ
  • VIII BOB. 1-MAVZU. Geologik kimyoviy birikmalar O‘rganiladigan natijalar •
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet147/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Loyiha ishi: 
    “Mevalar yoki sabzavotlar tarkibidagi vitamin va minerallar” mavzusida loyiha ishi 
    tayyorlang.
    Topshiriq


    163
    VIII BOB
    Foydali qazilmalar
    NIMA HAQIDA?
    Geologik kimyoviy birikmalar. O‘zbekistondagi foydali qazilma-
    lar va konlar. Ekologik jihatlar.
    NIMANI O‘RGANASIZ
    Litosfera (Yer qattiq qobig‘i)ning kimyoviy tarkibi. O‘zbekiston-
    dagi foydali qazilmalar. Neft, tabiiy gaz, ko‘mir, osh tuzi, mar-
    mar, metallarning O‘zbekiston hududida uchrashi va ulardan 
    foydalanish. Foydali qazilmalarni ishlab chiqarishdagi ekologik 
    jihatlar.


    164
    VIII BOB. 1-MAVZU.
    Geologik kimyoviy birikmalar
    O‘rganiladigan natijalar
    • Litosfera ning kimyoviy tarkibi
    • Minerallar
    • Minerallarning ahamiyati
    Hozirgi vaqtda yer qobig‘i 15–20 km chuqurlikkacha 
    o‘rganilgan. Tog‘ jinslari va minerallarning ko‘plab namuna-
    larini tahlil qilish natijasida yer qobig‘i kimyoviy elementlarin-
    ing o‘rtacha tarkibi hisoblab chiqilgan.
    Yer qobig‘ida 46 ta element keng tarqalgani bo‘lib, ular-
    dan 8 tasi umumiy massaning 97,2–98,8% ini, 2 tasi (kislo-
    rod va kremniy) – Yer umumiy massasining 75% ini tashkil 
    qiladi.
    Sayyoramiz ko‘plab kimyoviy elementlardan (temir, azot, 
    kremniy va boshqalar) iborat. Bu elementlarning birikmalari 
    minerallar deyiladi. 
    Hozirgi vaqtda 3 mingga yaqin minerallar ma’lum. Ular-
    ning ko‘pchiligi ikkita, ba’zilari bir nechta kimyoviy element-
    larni o‘z ichiga oladi. Masalan, osh tuzi tarkibiga natriy va 
    xlor, magnit temir rudasi: kislorod va temir kiradi. Ba’zi mi-
    nerallar bir elementdan iborat. Masalan, olmos, oltingugurt, 
    oltin va shu kabilar. 
    Minerallar tabiatda qattiq (ko‘mir, qum), suyuq (simob, 
    neft) yoki gazsimon (uglevodorodlar) holatda bo‘lishi mum-
    kin.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish