Asqarov Ibrohim – kimyo fanlari




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/157
Sana01.02.2024
Hajmi66,04 Mb.
#150134
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157
Bog'liq
7-sinf KIMYO 2022

Asqarov Ibrohim – kimyo fanlari 
doktori.
“Askalsiy”, “Alkaman” makro- va 
mikroelementlar saqlagan oziq-ovqat 
qo‘shimchasini ixtiro qilgan.


160
Temir – Fe mikroelementiga bo‘lgan 
ehtiyoj kuniga taxminan 15 mg ni tashkil 
qiladi. Temir birikmalari tananing ko‘plab 
to‘qimalarining zarur qismidir. Qizil qon 
hujayralari – eritrotsitlar katta miqdorda 
temirni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u ba’zi 
fermentlarning bir qismidir. Ovqatlanish rat-
sionida temir yetishmasligi anemiya rivoj-
lanishiga olib kelishi mumkin. Temir go‘sht, 
non, ko‘plab sabzavotlar va mevalarda 
mavjud.
Mis – Cu mikroelementi bir qator fer-
mentlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi, 
ichakda temirning so‘rilishiga va shu bilan 
gemoglobinning shakllanishiga ta’sir qiladi.
Misning asosiy manbalari – non, don 
(ayniqsa, jo’xori uni, grechka, tariq), sab-
zavotlar, dukkaklilar, yong‘oqlar. Mis jigar, 
dengiz mahsulotlarida (kalamar, qisqichb-
aqalar) ham mavjud.
Organizmda asosan skelet tizimida, teri-
da, sochda jamlangan 
rux Zn, boshqa mikroelementlar kabi ma’lum fermentlarni hosil qi-
lishda ishtirok etadi. Odamlarda rux yetishmovchiligi o‘sishni sekinlashtiradi, ta’m sezgila-
rining yo‘qolishi yoki ularning buzilishi, hid sezishning pasayishiga olib keladi. Rux qonning 
normal shakllanishi uchun ham zarur.
Ruxning asosiy manbalari – go’sht, parranda go’shti, pishloqlar, don (ayniqsa, jo‘xori 
uni), sabzavotlar, dukkaklilar. Rux yong‘oq va dengiz mahsulotlarida ham mavjud.
Yod – J qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksin ishlab chiqarish uchun zarurdir. Yod-
ning qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga ta’siri qayd etilgan. Shuning uchun yod 
uzoq vaqtdan beri aterosklerozning oldini olishning eng samarali vositalaridan biri hisoblan-
gani ajablanarli emas.
Eng ko‘p yod dengiz o‘tlari, dengiz baliqlari. Yod go‘sht, tuxum, sut, turli sabzavot va 
mevalar – lavlagi, salat, sabzi, kartoshka, karam, bodring, olma, uzum, olxo‘rida ham 
uchraydi.

Download 66,04 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157




Download 66,04 Mb.
Pdf ko'rish