• Topshiriqlar 159 VII BOB. 4-MAVZU. Minerallarning inson hayotidagi ahamiyati
  • Vitaminlarni saqlash shartlari




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Vitaminlarni saqlash shartlari
    Sabzavot va kartoshka, meva va rezavor mevalarni saqlash vaqtida biz ko‘plab vita-
    minlarni yo‘qotamiz. Masalan, yig‘ib olingandan so‘ng 1 kg kartoshkada taxminan 300 mg 
    C vitamini yo‘qotadi va bahorgacha saqlangan kartoshkadagi vitamin miqdori 50% dan ko‘p 
    bo‘lmaydi. Sabzavotlarda vitaminlar saqlanishini oshirish uchun ularni saqlash va qadoq-
    lash qoidalariga rioya qilish kerak. Har bir sabzavot o‘zining optimal saqlash haroratiga 
    ega.
    B
    1
    , B
    2
    va C vitaminlari suvda eriydi, havoda oksidlanadi va qizdirilganda tez parchala-
    nadi. Shuning uchun sabzavotlarni pishirganda, ularni sovuq suvga emas, balki qaynab 
    chiqqan suvga qo‘shgan yaxshi, qolaversa idish qopqog‘ini yopib, uzoq vaqt qaynatmaslik 
    kerak. C vitamini mis va temir idishlar bilan aloqa qilganda yo‘qotilsa, K vitamini quyosh 
    nuri ta’sirida kamayadi.
    1. Raxit bilan og‘rigan bemorlarga D vitamini ishlatmasdan qanday yordam berish mumkin?
    2. Nima uchun yaylovda o‘tlaydigan sigirlarning suti doimiy ravishda molxonada bo‘lgan sigir-
    larning sutiga qaraganda D vitaminiga boyroq?
    3. Hammaning ratsionida yetarli miqdorda xom sabzavot va mevalar bo‘lishi kerak. Nega?
    4. Bemorga A vitamin tanqisligi tashxisi qo‘yilgan. Nima uchun shifokor bemorga ko‘proq qizil 
    sabzavotlarni (sabzi, pomidor, qalampir) yeyishni tavsiya qiladi?
    Topshiriqlar


    159
    VII BOB. 4-MAVZU.
    Minerallarning inson hayotidagi ahamiyati 
    O‘rganiladigan natijalar
    • Mikroelementlar
    • Makroelementlar
    • Mikro va makroelementlarning 
    ahamiyati
    Mineral moddalar odam organizmda sodir bo‘ladigan barcha biokimyoviy jarayonlarda 
    ishtirok etadi. Qon ivishi, mushaklarning qisqarishini belgilaydi va barcha organlar hamda 
    to‘qimalarning zarur tarkibiy qismiga kiradi. Organizmni to‘g‘ri shakllanishi va me’yorida ish-
    lashi uchun kimyoviy elementlar ma’lum bir miqdorda kerak bo‘ladi. Agar o‘sha ma’lum bir 
    miqdor yetarli bo‘lmasa turli xildagi kasalliklar kelib chiqadi. 
    Minerallar shartli ravishda makroelementlar va mikroelementlarga bo‘linadi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish