• VII BOB. 3-MAVZU. Vitaminlar O‘rganiladigan natijalar •
  • 7 sinf ximiya indd




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    100 g mahsulotdagi 
    uglevodlar miqdori
    Javdar noni
    42–45
    Bug‘doy noni
    43–50
    Grechka
    64
    Manna yormasi
    70
    Guruch
    72
    Shakar
    95–99
    Kartoshka
    20
    Kartoshka
    5
    Tarvuz
    9
    Sabzi
    7–8
    Lavlagi
    10
    Uzum
    17
    Olma
    11
    Savollar
    1) Uglevodlarga boy mahsulotlar qaysilar?
    2) Qaysi mahsulotlarda eng kam uglevod-
    lar mavjud?
    3) To‘g‘ri uglevodli ovqatlanish haqida xu-
    losa chiqaring.


    157
    VII BOB. 3-MAVZU.
    Vitaminlar
    O‘rganiladigan natijalar
    • Vitaminlar 
    • Vitaminlarning ahamiyati
    Vitaminlar insonlar va hayvonlar uchun o‘ta 
    muhim bo‘lgan murakkab tuzilishga ega organik 
    birikmalardir. Ular asosan to‘qimalardagi mod-
    dalar almashinuvi va hujayralardagi bio sintez 
    reaksiyalari uchun zarur bo‘lgan biokatalizator
    fermentlar tarkibiga kiradi. Demak, vitaminlar 
    hayvon va odam organizmi uchun juda oz miq-
    dorda kerak bo‘ladi (bir sutkada inson organizmi 
    uchun bir necha mk dan bir necha mg gacha 
    kerak). Ammo organizmda vitamin yetishmasli-
    gi yoki ortib ketishi modda almashinuvi ning bu-
    zilishiga olib keladi. Ya’ni avitaminoz yoki gi-
    povitaminoz deb ataluvchi og‘ir kasalliklarni 
    keltirib chiqaradi. Insonlar zarur vitaminlarni 
    asosan o‘simlik mahsulotlaridan oladi.
    Hayvon organizm vitaminlarsiz ha yot 
    kechira olmasligini birinchi bo‘lib 1882- 
    yilda rus olim, shifokor N. I. Lunin aniq-
    lagan.
    1912-yilda polshalik olim K. Funk “Vi-
    tamin” terminini fanga kiritgan. Vitamin 
    (“vita” – hayot, ya’ni hayot amini).
    Inson organizmi uchun vitaminlarning aha-
    miyati o‘ta muhimdir. Masalan, A vitaminning 
    yetishmasligi insonlarda shabko‘rlik kasalli-
    gini keltirib chiqaradi. Ya’ni inson qorong‘i tush-
    ishi bilan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Bundan 
    tashqari A vitamini yetishmasligi natijasida in-
    son terisida, tirnoqlarida, soch osti terisida turli 
    salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ushbu vitamin 
    aso san oziq-ovqat mahsulotlari, sabzi, pomidor, 
    ko‘k no‘xat, qovun, apelsin iste’mol qilish orqali 
    qoplanadi.
    C vitamini yetishmasligidan esa milkda sin-
    ga kasalligi kelib chiqadi, bo‘g‘inlarda og‘riqlar 
    paydo bo‘ladi, yaralarning bitishi qiyinlashadi, 
    tez charchash holati kuzatiladi. Ushbu vitamin 
    karam, limon, apelsin, bulg‘or qalampiri va turli 
    xil ko‘katlarda uchraydi.
    Deyarli barcha vitaminlar o‘simlik hujayra-
    larida sintezlanadi. Masalan, C vitamin 100 gr 
    olma da 13 mg, qulupnayda 60 mg, apelsinda 
    60 mg, qora smorodinada 200 mg miqdorda 
    bo‘ladi. P vitamini esa 100 g olmada 10–70 mg, 
    qulupnayda 150 mg, apelsinda 500 mg, qora 
    smorodinada 150 mg miqdorda bo‘ladi.

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish