• Inson tanasida uglevodlar 4 ta muhim fazifani bajaradi
  • Tananing yog‘ga bo‘lgan ehtiyoji




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/157
    Sana01.02.2024
    Hajmi66,04 Mb.
    #150134
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
    Bog'liq
    7-sinf KIMYO 2022

    Tananing yog‘ga bo‘lgan ehtiyoji
    Inson ratsionidagi yog‘larning tavsiya etilgan miqdori kuniga 
    90–100 grammni tashkil qiladi.
    Zamonaviy ilm-fan va tibbiyot inson energiya sarfi ning taxmi-
    nan 20–30 foizini oziq-ovqat yog‘lari energiyasidan olishi keraklig-
    ini hisoblab chiqdi.
    Oqsillarning elementar tarkibini o‘rganish ularda ma’lum nisbatda quyidagi elementlar 
    mavjudligini ko‘rsatdi: uglerod (50–54%), kislorod (21–23%), azot (15–17%), vodorod (6,5–
    7%) , shuningdek, fosfor va oltingugurt.


    155
    Massasi bo‘yicha bu birikmalar sayyoradagi or-
    ganik moddalarning asosiy qismini tashkil qiladi. Ular 
    tirik organizmlarning rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, 
    o‘simliklardagi ulushi .......... massaning 80% iga, 
    hayvon organizmida – 2–3% ga yetadi. Uglevodlar 
    o‘simliklar tomonidan amalga oshiriladigan fotosintez 
    jarayonida hosil bo‘lishi haqida ma’lumotga egasiz. 
    Nima uchun inson tanasiga uglevodlar kerak?
    Inson tanasida uglevodlar 4 ta muhim fazifani 
    bajaradi:
    – energiya manbai;
    – uglevodlar biriktiruvchi to‘qimalar, plazma va hujayralararo membranalarning bir qismi 
    bo‘lib, oqsillar bilan birgalikda steroid gormonlar, fermentlarni hosil qiladi;
    – suv molekulalarining bog‘lanishi tanadagi kalsiy va magniy ionlarining maqbul miq-
    dorini saqlab turadi;
    – himoya, unda moddalar qon tomirlarining elastikligini, qo‘shma suyuqlik va shilliq qa-
    vatning ishlashini ta’minlaydi.
    Uglevodlar
    Monosaxaridlar:
    glyukoza, 
    fruktoza
    Polisaxaridlar: 
    sellyuloza, 
    kraxmal
    Disaxaridlar: 
    saxaroza, 
    laktoza, maltoza
    Bizning tanamiz yog‘larni “keyinroq” ishlatish uchun saqlaydi. Ular tana va ichki organ-
    larni yumshoq “yostiqcha”lar kabi himoya qilish, issiqlikni saqlashga yordam berish, soch 
    va terini silliq va chiroyli qilishda ham ishtirok etadi. Shuning uchun tanada yetarli miqdorda 
    yog‘ bo‘lishi juda muhimdir. Yog‘lar sariyog‘ va pishloqda, go‘sht, tuxum, baliqda mavjud.
    Yog‘lar tananing qurilish materiali va energiya zaxirasidir. O‘rtacha 70 kg vaznli odam-
    ning tanasida taxminan 11 kg yog‘ mavjud.
    Uglevodlar
    Uglevodlar molekulasi uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan iborat organik birikma-
    lardir. Bunday atalishiga sabab molekulasi tarkibidagi uglerod, vodorod va kislorod atomlari 
    Cn(H
    2
    O)m ko‘rinishiga ega bo‘lgandir.
    Tabiatda uchraydigan uglevodlarni asosan uchta katta guruhga ajratish mumkin.
    Bilasizmi?
    Qishda ba’zan muz ostidagi yaxlab qolgan baqa-
    larni topish mumkin, ammo kunlar isib, muz erigan-
    idan keyin ular hayotini davom ettiraveradilar. 
    Qanday qilib ular muzlab qolsalarda o‘l maslikka 
    muvaff aq bo‘lishadi? 
    Ma’lum bo‘lishicha, sovuq havo boshlanishi bilan 
    baqaning qonida glyukoza miqdori 60 barobar or-
    tadi. Bu tanadagi muz kristallarining shakllanishiga 
    to‘sqinlik qiladi va hayvon nobud bo‘lmaydi. 

    Download 66,04 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




    Download 66,04 Mb.
    Pdf ko'rish